Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahridagi obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Rasmiy munosabat


So’nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasining ko’chalari “abgor” holatda deya talqin etilgan video tasvirlar tarqaldi. Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida, quyidagilarni ma’lum qilamiz:

💬Hozirgi kunda Termiz shahrida keng ko’lamli obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. “Majnuntol” mahallasi hududidagi ko’chada ham suv quvurlari o’tkazish maqsadida qozish va boshqa qurilish obodonlashtirish ishlari jadal ravishda davom etmoqda. Bu jarayonlarning yakuniga yetmaganini inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvirlardagi holatlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

💬Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ayni paytda shaharning boshqa hududlarida ham yo‘l ta’mirlash, infratuzilma obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarning barchasi shahar aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, ko’chalar va yo’llarning sifatini oshirishga qaratilgan.

Shu o’rinda, jarayonlar hali yakunlanmaganligini hisobga olib, barvaqt xulosa chiqarmaslikni tavsiya etamiz. Har bir loyihaning o’ziga xos murakkabligi mavjud bo’lib, bu jarayonlar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun barcha zarur choralar ko’rilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🗣18-may – Xalqaro muzeylar kuni. Bugun barcha muzeylarda aholiga bepul xizmat ko‘rsatiladi

Surxondaryo viloyatida 3 ta – Termiz arxeologiya muzeyi, "Termiz" davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyi faoliyat yuritmoqda.

Ularda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan bugun ushbu muzeylarda "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilib, tashrif buyuruvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤩1
🗣Bugun 19-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni.
🌏Butunjahon non pishirish kuni.
🌏Yallig'lanishli ichak kasalligi kuni.
🇰🇬Qirg‘iziston – Onalar kuni.
🇹🇴Tonga – Otalar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1586 – Samara shahriga asos solindi.
🔹1910 – Galley kometasining qaytishi.
🔹1961 – Venera-1 uchuvchisiz kosmik kemasi birinchi marta Venera yaqinidan uchib o‘tdi.
🔹1995 – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi.
🔹2012 – “Chelsi”  birinchi marta UEFA chempionlar Ligasining g‘olibi bo‘ldi.

#tavalludlar
🔹1762 – Iogann Gotlib Fixte – nemis faylasufi. 
🔹1881 – Mustafo Kamol Otaturk – Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti.
🔹1938 – Nazar To‘raev – fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹1945 – Shuhrat Ergashev – kinoaktyor, O‘zbekiston xalq artisti .
🔹1979 – Andrea Pirlo – italyan futbolchisi, jahon chempioni.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда "Ўзбекистон–2030" стратегияси, Болалар саратони бўйича глобал ташаббус (GICC), Барқарор ривожланиш мақсадлари доирасида ЖССТ, ЮНИСЕФ, Вена халқаро тиббиёт университети ва бошқа халқаро ташкилотлар кўмагида 2025–2030 йилларга мўлжалланган Болалар саратонига қарши курашиш миллий стратегияси ишлаб чиқилди ва қабул қилинди.

Ушбу воқеа болалар саратонига қарши курашда янги босқични бошлаб беради, ташхис қўйиш ва даволашда мультидисциплинар ёндашувни таъминлаш орқали педиатрия ёрдамини кўрсатиш тизимини такомиллаштиради.

Миллий стратегия соғлиқни сақлаш тизимини модернизация қилишга йўл очади, кадрлар ва инфратузилма салоҳиятини мустаҳкамлайди, болаларга барча даражаларда юқори сифатли тиббий ёрдам кўрсатишга ягона ёндашувни шакллантиради.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍2
Термиз – Ҳайратон  кўприги ҳақида нималарни биласиз?

Ўзбекистонни Афғонистон билан боғловчи Термиз – Ҳайратон темир йўл-автомобил кўпригининг узунлиги 816 метр бўлиб, 1981 йилда қурилган. У дастлаб 1888 йилда ёғочдан, 1902 йилда темирдан қурилиши бошланган кўприк ўрнида барпо этилган.

1902 йилда бошланган темир кўприк қурилишига 5 миллион рубль ажратилган бўлиб, ўз вақтида бу жуда катта маблағ ҳисобланган. Кўприкнинг мустаҳкамлигини таъминлаш учун тажрибали муҳандис-қурувчилар уни 27 қаватдан иборат қилиб қуришган. Эҳтимол, шу сабабли кейинги таъмирлаш ишлари бу қурилишдан 77 йил ўтгандан кейингина амалга оширилгандир.

1990 йилларда “Дўстлик” кўприги номи Термиз – Ҳайратон номига ўзгартирилди. 1996 йилда хавфсизликни таъминлаш мақсадида кўприк ёпиб қўйилди. 2001 йилда у қайта очилиб, Афғонистон ҳудудига  илк бор инсонпарварлик ёрдами ўтказилди. 2002 йилдан буён ушбу кўприк икки давлат ўртасидаги савдо-сотиқ муносабатларида муҳим роль ўйнамоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍4
🗣Janubda tinchlik, do‘stlik va farovonlik ulug‘lanadigan Termiz muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi boshlandi.
Prezidentimizning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni mustahkamlash bo‘yicha 2022 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusini ilgari surishda ko‘p tomonlama munozara maydonini shakllantirish uchun tashkil etilgan forum O‘zbekiston Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasi bilan tanishuv bilan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida o‘tkazilayotgan forum jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot mahalliy hamda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 200 ga yaqin siyosiy-iqtisodiy va biznes doiralar vakillari, moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar a’zolari, shuningdek, dunyoning turli tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining nufuzli ekspertlarini yagona maqsad yo‘lida Termizda jamladi. Ular Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama etadi. Bunda xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektor va moliyaviy tuzilmalarning rolini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashadi.

“Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasi bilan tanishuv doirasida 36 gektar maydonda qad rostlagan hozircha mintaqamizda yagona zamonaviy markazning taqdimoti o‘tkazildi.

Erkin savdo zonasida yaratilgan imtiyozlar doirasida barcha chet davlat fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasisiz 15 kun markazda bo‘lish va chiqish imkoniyati beriladi. Multivalyuta, ya’ni O‘zbekiston so‘mi bilan birga AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan qabul qilish tizimi joriy etilgan. Markaz hududiga keluvchi barcha tovarlar bojxona to‘lovlarisiz joylashtiriladi va chiqariladi. Hududda banklar, notariuslar va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan. Shuningdek, majmuada “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot majmuasi, “Central Asia University” biznes maktabi, yirik savdo markazi, restoran, xostel, yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega yirik logistika markazi, ishlab chiqarish korxonalari barpo etilgan. Maydoni 50 ming kvadrat-metr bo‘lgan mingta savdo do‘koni, bir yilda 100 ming yuk mashinasini qabul qilish quvvatiga ega avtoturargoh qurilgan.

Xalqaro savdo markazi Karachi-Termiz-Toshkent-Qozog‘iston-Rossiya transport koridorining muhim bog‘lovchi qismi hisoblanib, Hind okeani portlariga chiqish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Yirik majmuada zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash inshootlari mavjud bo‘lib, yuklarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tezkor rasmiylashtirish uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Shu yil Xitoy va Qozog‘iston davlatlari xalqaro savdo markazida savdo uylarini ochib, bu yerga keluvchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ayni paytda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus kabi davlatlar ham savdo uylarini ochishga qiziqish bildirmoqda.

💬Zamonaviy majmua mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi. Forum 21-may kuni yakunlanadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6