Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Termiz shahrida Xalq qabulxonasi, Ichki ishlar va Soliq, Mahallalar uyushmasi shahar bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, hamda Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi tomonidan yoshlar va mahalla ahlini birlashtiradigan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahallaning faol nuroniylari, mahalla “yettiligi” a’zolari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘z olgan nuroniylar, yoshlarga o‘z tajribalari orqali bir qancha muhim maslahatlar berdilar. O‘zbekistonning kelajagi yoshlar ekanligi ta'kidlanib, ular uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirildi. Xususan, chet tillarini o‘rganishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Bu zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlardan biri ekanligini nuroniylar yoshlarning e’tiboriga yetkazdilar. Shuningdek, sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishish, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik yo‘llarini egallash ham ko‘rsatilgan yo‘nalishlar sifatida ta’riflandi. Mahallaning yoshlariga o‘zaro muhabbatni, ota-ona va do‘stlarga hurmatni oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish kabi axloqiy qadriyatlar ham alohida e’tibor qaratilgan masalalar bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarning o‘z madaniy va axloqiy tarbiyasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Bu, yoshlarni nafaqat bilim bilan, balki insoniy fazilatlar bilan ham tarbiyalash muhimligini anglatadi.


Tadbirning yana bir qiziqarli tomoni shundaki, 26-umumta'lim maktabi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar bo‘ldi. Yoshlarning sahnadagi chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida Kinokarvon tashkil etildi. Bu loyiha doirasida, mahallada istiqomat qilayotgan aholi vakillariga "Qo‘rqmas" filmi namoyish etildi. Film orqali mahallada yashovchi odamlarning madaniy-tarixiy xotirasini saqlash va ularga vatanparvarlikni targ‘ib qilish maqsad qilingan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🗣Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganishlarini Termiz shahrida davom ettirdi.

Dastlab, Manguzar mahallasida joylashgan "Yangi Termiz city" va Saxovat mahallasining "Termiz biznes sity" majmualarida olib borilayotgan zamonaviy qurilish ishlari, jumladan, ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari qurilishi ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari to‘g‘risida mas’ullarning hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali uchun mo‘ljallangan 1 500 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi va jihozlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

Avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatga alohida e’tibor qaratish hamda mazkur o‘quv binolarini ikki hafta muddatda foydalanishga topshirish vazifasi belgilandi.

Shu bilan birga, Termiz tumanidagi "Yangiobod" mahallasida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi va ushbu hududdagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ham ko‘rib chiqildi. Loyiha pudratchilari va soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.

Ushbu yirik loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi Termiz shahri va Termiz tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
“Онлайн-платформа ва веб-сайтлар фойдаланувчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси муҳокамаси давом этмоқда!

🖋 Агарда Сиз –

🔘аниқ тоифаланган 12 та ноқонуний контентдан ҳимояланишни;

🔘ёлғон ахборот тарқатилишини олдини олишни;

🔘шахсий маълумотларингиз муҳофазаланишини;

🔘ижтимоий тармоқларда блогер ёки инфлюенсер сифатида хавфсиз фаолият юритишни;

🔘Интернет орқали даромад олишни;

🔘болаларни зарарли ахборотдан сақлашни истасангиз, бефарқ бўлманг! Қонун лойиҳаси
муҳокамасида фаол иштирок этинг!

📌 Эслатиб ўтамиз, қонун лойиҳаси муҳокамаси жорий йил 27 майга қадар давом этади.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

Жанубда тинчлик, дўстлик ва фаровонлик улуғланадиган Термиз мулоқотининг асосий йиғилиши бўлиб ўтмоқда.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🗣TAYINLOV

Ro‘ziqulov Sirojiddin Aktamovich Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrugʼiga asosan, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1982-yil Termiz shahrida tugʼilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – tarix fani o‘qituvchisi.


Sirojiddin Ro‘ziqulov mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥1