Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahrida nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan Termiz shahar IIB JXX Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, nazorat ostidagi shaxslarning majburiyatlari, muddatidan ilgari ozod etilish shartlari hamda jazo og‘irroq turiga almashtirilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” maxsus profilaktik tadbiri doirasida, joriy yilning 15-aprelidan 15-mayiga qadar nazorat ostidagi 33 nafar shaxsning holati ko‘rib chiqildi.

Sud tomonidan belgilangan jazoni namunali o‘tab, aybiga iqror bo‘lgan va chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan fuqarolar yuzasidan Termiz shahar IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿 TERMIZ SHAHAR PROKURORI XUDOYNAZAR MAMADQULOVNING HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA DOIR SHAHAR AHOLISIGA MUROJAATI

🗣Hurmatli shahrimiz aholisi!

Ma’lumki, so‘nggi yillarda Termiz shahrida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

◾️ Ushbu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlar bilan birga, ayrim jinoyat turlarining kamaymayotgani hamon tashvish uyg‘otmoqda. Xususan, shahrimiz hududida sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlari, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilayotgan o‘g‘irlik va firibgarlik holatlari yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

❗️ Yuqoridagi holatlar yuzasidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu jinoyatlarning sodir bo‘lishiga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:

🟣 Bank plastik kartalarining himoya kodlarini notanish shaxslarga ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilinishi;

🟣 Onlayn savdo platformalarida mahsulotni shaxsan qabul qilmasdan oldin to‘lovlar amalga oshirilayotgani.

◾️ Mazkur muammolarni bartaraf etish va jinoyatlarning oldini olish maqsadida shahrimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan profilaktika choralari ko‘rilmoqda. Biroq, bunday jinoyatlar hanuzgacha qayd etilmoqda.

❗️ Shu munosabat bilan Siz, hurmatli fuqarolarimizga murojaat qilgan holda, quyidagi profilaktik choralarni ko‘rishingizni tavsiya qilamiz:

🟢 Bank plastik kartalaringizga oid shaxsiy ma’lumotlarni, ayniqsa, PIN va boshqa maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermang.

🟢 Onlayn xaridlar bo‘yicha to‘lovlarni mahsulotni shaxsan qabul qilib olganingizdan so‘ng amalga oshiring.

🗣Hurmatli hamshaharlar!

Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish uchun Sizlarning hushyorligingiz va faol fuqarolik pozitsiyangiz muhim ahamiyatga ega. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borish orqali, biz shahrimizda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlaymiz.

Hurmat bilan,Termiz shahar prokurori Xudoynazar Mamadqulov!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🗣Respublika ishchi guruhi tomonidan Termiz shahri “Surxonsohili” mahallasida yettilik faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligi, yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya va profilaktika yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yettilik a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🗣“Surxonsohili” mahallasida bandlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi

Respublika ishchi guruhi tomonidan Termiz shahri “Surxonsohili” mahallasida ishsiz aholini bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va mikroloyihalar o‘rganildi.

Tashrif davomida mahallada ish o‘rinlari yaratish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ayniqsa, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholining fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🗣Bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan davra suhbati o'tkazildi!

🏘 Termiz shahar 26-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchi qizlari va ota-onalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

➡️Unda Respublika ishchi guruhi a’zosi Nurmatova Mukarram Axmedovna, Viloyat hokim oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarma boshligʻi Zulxumor Abdurashidovna va Mehri Narbashevalar qatnashdi.

➡️Davra suhbati ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tdi va mehmonlar bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
🗣"Surxon" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida Termiz shahrida "Surxon" futbol klubi o‘z maydonida "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv yakunida futbolchilarimiz muvaffaqiyat qozonib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldilar.

Mazkur g‘alaba orqali "Surxon" jamoasi ochkolari sonini 13 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1