Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
KADASTR AGENTLIGI MUROJAATI.
Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

So‘nggi paytlarda “Yer olib beraman” yoki “Yer maydonining toifasini o‘zgartirib beraman” degan soxta va’dalar orqali firibgarlik qilayotgan sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlari uchramoqda hamda ularning aksariyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinmoqda.

Shuni qat’iy ravishda ma’lum qilamizki, nafaqat hududiy boshqarma va tizim tashkilotlari hatto, Kadastr agentligi rahbariyatida ham bunday vakolat yo‘q.

Ushbu jarayonni hech bir shaxs yoki muassasa “pul evaziga” bajara olmasligi, qonun bilan qat’iy tartibga solinganini alohida ta’kidlaymiz.

1. Uy-joy qurish va tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari onlayn auksion orqali ochiq savdoga qo‘yiladi;
2. Yerning toifasini o‘zgartirish faqat va faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Eslatma: Yer toifasi o‘zgartirilgan taqdirda ham ushbu yer davlat zaxirasiga olinadi va qayta realizatsiya qilinadi.


‼️ Shunday ekan, Sizlardan sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlarining har qanday shubhali takliflari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Yagona ishonchli manba – bu qonuniy yo‘ldir!

🌟KADASTR AGENTLIGI.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
👍1
Rasmiy munosabat

BATAFSIL

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2💯1
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Havola: https://youtu.be/m5GlB4-0lSs?si=Wb6TU0JFXnwuM6Ww

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi: 2018-yildan buyon surxondaryolik tadbirkorlarning 3 mingdan ortiq loyihasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi

Bu uchun ularga Kompaniya tomonidan jami 1 trln 302 mlrd so‘m mablag‘ taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Termiz shahri (332 mlrd so‘m) va Denov (150 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Batafsil rolikda tanishing.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Joriy yil 17-may kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha Termiz shahar elektr taʼminoti xodimlari tomonidan 110/6 kV li "TMZ" podstansiyasidagi T-1 va T-2 kuch transformatorlarini joriy taʼmirlash maqsadida "Navro'z", "Tuproqqo'rg'on", "Bog'zor", "Do'stlik", "Farhod" mahallalari hududida vaqtincha elektr energiya taʼminotida uzilish boʼlishini maʼlum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali uzr so’raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1