Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz faxri – Eshmurodov Abdulla Anvarovich taqdirlandi!

Xabar berganimizdek, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan, qariyb 10 ta davlatdan 2000 nafarga yaqin yosh dzyudochilarni jamlagan Tashkent Open Judo Kids Cup III turnirida Termiz shahar 10-umumta'lim maktabining iqtidorli o‘quvchisi Eshmurodov Abdulla Anvarovich shonli g‘alabaga erishgan edi.

Bugun esa, yosh chempionimiz Termiz shahar hokimligi tomonidan alohida e’tirof etildi.

Bu yutuq nafaqat Abdullaning, balki butun Termiz yoshlari orzulariga ilhom bag‘ishlaydi. Uning g‘alabasi barchamiz uchun faxr va g‘urur manbai bo‘ldi!

Abdulla o‘z nutqida o‘zining ilk katta g‘alabasini ota-onasi, ustozlari va yurtiga bag‘ishlashini ta’kidlab o‘tdi.

Kelajagimiz tayanchi bo‘lgan yoshlarimizga mana shunday yuksak zafarlar, sport maydonlarida doimo bayrog‘imizni baland ko‘tarishni tilab qolamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1-may sanasidan boshlab Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?

➡️Batafsil

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

❗️Korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashaylik!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun 29-aprel haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Xalqaro Raqs kuni.
🌏Xalqaro immunologiya kuni.
🌏Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti tashkil etilgan xalqaro kun.
🌏Butunjahon tilaklar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1770 – Ingliz sayyohi Jeyms Kuk ilk bor Avstraliyaga qadam qo‘ydi.
🔹1882 – Berlinda dunyoda birinchi trolleybus ishga tushirildi.
🔹1884 – Oksford universiteti qiz-talabalarga imtihon topshirishga rozi bo‘ldi.
🔹1996 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
🔹2012 – Ludofon omli yangi musiqa asbobi ixtiro qilindi.

#tavalludlar
🔹1854 – Genri Puankare – fransuz matematigi, fizigi, astronomi va faylasufi.
🔹1906 – Ahmad Jubanov – qozoq musiqashunosi, kompozitor va dirijyor,
🔹1940 – Bayram Matjonov – qoraqalpoq xonandasi, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston, O‘zbekiston alq artisti.
🔹1970 – Uma Turman – mashhur Gollivud aktrisasi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
#mutolaa🎓

📖Kitob haqida:

Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o'tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar...
Bularning hammasi ham bir o'zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma'noda «tagli-zotli». Ularning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir mas'uliyatli yukni o'z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Rasmiy munosabat: 200 gektardagi bog‘da ko‘chatlar unib, yaxshi parvarishlanmoqda

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatiga oid asossiz ma’lumotlar tarqatilmoqda. Jumladan, qumqo‘rg‘onlik Shoberdi Suyunov va o‘zini ekologiya vakili deb tanishtirgan To‘raxon ismli shaxs murojaati asosida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida yerlar sotilgani iddao qilingan.

Mazkur holat yuzasidan mutasaddi boshqarmalardan iborat Ishchi guruh tekshiruv o‘tkazdi. Natijada murojaatda ko‘tarilgan holatlar tasdiqlanmadi, aksincha, jamoatchilikni chalg‘itish va shaxslarning sha’ni hamda qadr-qimmatiga tahdid holatlari aniqlandi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan bog‘lar qurib ketgani va bunga tadbirkorlar majburlangani haqidagi ma’lumotlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida, Surxondaryo viloyatida tadbirkorlar tashabbusi bilan "Metanchilar bog‘i" loyihalari amalga oshirilmoqda. Denov tumanidagi "Sobir Raximov" SIU hududida 200 gektar yerda 32 mingdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekilgan, sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan va parvarish ishlari davom etmoqda. Buning tasdig‘i sifatida tegishli fotofaktlar ham ilova qilingan.

Yana bir gap: viloyatda yuz bergan barcha qonunbuzilishni viloyat rahbari bilan bog‘lash ham insofdan emas. Masalan, davlat o‘rmon fondiga tegishli yerda noqonuniy qurilish bo‘lsa yoki o‘zlashtirilsa, bu holatni aqli raso inson viloyat rahbari bilan bog‘lashni o‘ziga ep bilmaydi. Iddoada keltirilgan holatlar o‘rganilganida,
Qumqo‘rg‘on tumani hududida davlat o‘rmon fondiga mansub yer maydonlarida ayrim fuqarolar tomonidan ruxsatnomasiz tartibda issiqxona va baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etilgani, vaqtincha turarjoy binolari va molxonalar qurilgani;

Fermer xo‘jaliklari tomonidan davlat o‘rmon fondi yerlarida jami 26,9 gektar maydonda (2,0 ga + 2,0 ga + 0,7 ga + 6,0 ga + 8,3 ga + 8,2 ga + 0,7 ga) paxta va g‘alla mahsulotlari yetishtirish ishlari amalga oshirilgani;

Hisor ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi Surxon sohili bo‘limiga qarashli yer maydonida — 1,8 gektar maydonda qum-shag‘al olib chiqilgani va unimdor tuproq bilan tekislash ishlari olib borilgani;

Davlat o‘rmon fondida ayrim fuqarolar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari noqonuniy ravishda yetishtirilayotgani;

2024-yilda 36 nafar fuqaro bilan qog‘oz shaklida ijara shartnomalari rasmiylashtirilgani, ammo "E-ijara" axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani;

Qirg‘oq hududlarida ildizbob daraxt va butalar ekish ishlari to‘liq amalga oshirilmagani aniqlangan. Bu harakatlar uchun viloyat hokimi biron kishiga og‘zaki yoki yozma ko‘rsatma bermagan.

Biroq, murojaatda bayon etilgan ko‘pgina holatlar haqiqatga yaqin emas. Ayrim holatlar yoki qonunbuzilishlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, murojaatda ular asossiz tarzda bo‘rttirilgan va umumiy holat haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishga harakat qilingan. Bu holatlar maxsus o‘rganish orqali aniqlangan va hujjatlashtirilib, tegishli tartibda  baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari va fuqarolardan faqat haqqoniy ma’lumot tarqatish, asossiz xabarlardan saqlanish so‘raladi. Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq yolg‘on ma’lumot tarqatish uchun javobgarlik belgilangan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Синфхонадаги сукут – кечанинг хотираси ва эртанинг орзулари туташган маскан

Вилоят ҳокими мактаб синфхонасида аста қадам ташламоқда. У жим. Атроф ҳам унга ҳамоҳанг – сукут бағрида. Фақат болаларнинг ҳаяжонга тўла, юракдан чиқадиган нафис тини эшитилади.

У парталар оралаб юриб, ҳар бир партага, ҳар бир болага назар ташламоқда. Эҳтимол болалиги, синфдошлари, ўқитувчисининг меҳрибон овози – барчаси кўнглидан ўтаётгандир. Эҳтимол ўзи ўтирган парта эсига тушиб, кеча ва бугунни муқояса қилаётгандир.

Бир пайтлар ана шу парталарда ўзи ҳам ўтирганди. Қалбида умид ва ишонч билан эртага ким бўлиш ҳақида орзу қилганди. Бугун эса ана ўша орзулар уни масъулиятли вазифаларга етаклаб келди.

Энди эса у ўзини эмас, балки кўзлари билан сўзлаётган, жим туриб ҳам умид сочаётган болаларни кўряпти. Уларнинг нигоҳида нималар яширин? Балки ҳокимга қараб ҳавас қилаётгандирлар. Балки қалбларида “Мен ҳам у каби бўламан!” деган орзу яшнаётгандир. Балки бу сукутли манзара уларнинг ҳаётида илк илҳом, илк ният бўлаётгандир...

Бир нарса аниқ: ҳар бир бола – орзу, ҳар бир нигоҳ – келажак, ҳар бир парта – Ватан учун ўсиб келаётган умид дарахтидир.

Умид нозик бўлади, парвариш талаб қилади. Умидларни асраш – келажакни, ўзимизни, юртимизни асрашдир!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Bugun 30-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳YUNESKO –  Xalqaro Jaz kuni
🇲🇽Meksika – Bolalar kuni.
🇹🇭Tailand – Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🇵🇾Paragvay – O‘qituvchilar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1237 – Berlin shahriga asos solindi.
🔹1789 – Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi.
🔹1964 – Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumani tashkil etildi.
🔹1991 – O‘zbekiston yo‘nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi.
🔹1992 – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi.
🔹2014 – “Windows 10”  taqdim etildi.

#tavalludlar
🔹1935 – Fayzulla Usmonov – geolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.
🔹1949 – Antonio Guterrish – BMT Bosh kotibi.
🔹1958 – Farhod Ermanov – o‘zbek siyosatchisi, senator, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi.
🔹1967 – Filipp Kirkorov – rus estrada qo‘shiqchisi.
🔹1993 – Igor Sergeyev – O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi va “Tobol” klubi o‘yinchisi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарё таълимида янги давр: Марраларга қадам

Сурхондарёлик мактабгача ва мактаб таълими фидойиси Наргиза Қобилова 1000 АҚШ долларига яқин маош оладиган малакали ходимлар сафидан жой олди.

Бу каби фидойи ва меҳнаткаш педагоглар сонининг ортиши таълим тизими ривожида муҳим қадам бўлиб, ёш авлод келажагига ижобий таъсир кўрсатади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla raisi saylovini o'tkazish tartibi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida katta sport bayrami!

"Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili” doirasida, 2025-yil 2-may kuni Termiz shahrida ommaviy sport tadbiri — ekologik va xayriya maqsadidagi yugurish marafoni tashkil etilmoqda.

“Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur”, “O‘quvchi-yugur” va “Inson uchun” shiorlari ostida o‘tadigan ushbu tadbirda barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqa soat 7:00 da Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasidan start oladi. Yugurish masofasi — 3 kilometr.

Musobaqa davomida qatnashchilar raqamli belgilar bilan yugurishda ishtirok etishadi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Biz bilan birga yuguring – tabiat uchun, kelajak uchun, o‘zingiz uchun!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayniq vaqtda “Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan aholi muammolarini o’rganish va hal etishdagi rolini oshirish, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, shahardagi ijobiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida MATBUOT ANJUMANI bo’lib o’tmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📊Surxondaryoda qancha aholi bor?

📈Surxondaryo viloyatning doimiy aholisi soni 2025-yil 1-aprel holatiga, 2 mln 959 ming 823 kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 68,1 ming kishiga yoki 2,4 foizga koʻpaydi. Surxondaryo viloyatida 2025-yil 1- aprel holatiga koʻra, 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 147,3 kishi toʻgʻri kelgan.

⤵️Hududlar boʻyicha doimiy aholi soni:

🔸 Denov tumani – 432 793 kishi;
🔸 Qumqoʻrgʻon tumani – 262 838 kishi;
🔸 Jarqoʻrgʻon tumani – 245 191 kishi;
🔸 Shoʻrchi tumani – 235 375 kishi;
🔸 Sariosiyo tumani – 233 884 kishi;
🔸 Sherobod tumani – 215 775 kishi;
🔸 Termiz shahri – 208 658 kishi;
🔸 Oltinsoy tumani – 198 283 kishi;
🔸 Uzun tumani – 193 277 kishi;
🔸 Muzrabot tumani – 157 473 kishi;
🔸 Angor tumani – 147 765 kishi;
🔸 Boysun tumani – 127 514 kishi;
🔸 Qiziriq tumani – 127 462 kishi;
🔸 Termiz tumani – 87 804 kishi;
🔸 Bandixon tumani – 85 731 kishi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar | O’zbekiston - kitobxonlar yurti

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Termiz shahrida “Reklama” to’g’risidagi qonun ijrosini ta’minlash va uning amaldagi holatini o’rganish maqsadida Press-tur tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi A. Qosimova, “Termiz oqshomi” gazetasi bosh muharriri A.Rajabov, shuningdek, “Ishonch” televideniyasining jurnalistlari Diyora Abduvohidova, Komila Tugalova va boshqa mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Press-tur davomida shahar hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlari, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalarini demontaj qilish ishlari bilan tanishildi.

Qolaversa, joylarda tadbirkorlar bilan ham suhbatlar o’tkazilib, tushuntirishlardan berilgandan so’ng tadbirkorlar tomonidan reklamalarning joylashuvi qonunlarga moslashtirilganligi ko’rib chiqildi.

Tadbirkorlarga va shahar jamoatchiligiga reklamalarni qonuniy joylashtirishning ahamiyati va huquqiy jihatlari haqida ma’lumot berildi. Bu kabi tadbirlar davomida shaharni yanada chiroyli va tartibli qilish, qonunlarga rioya qilish hamda fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsad qilib qo’yilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Termiz shahrida “Reklama” to’g’risidagi qonun ijrosini ta’minlash va uning amaldagi holatini o’rganish maqsadida Press-tur tashkil etildi.

Batafsil: https://t.me/termizshh/47323

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Termiz shahrida “Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan aholi muammolarini o’rganish va hal etishdagi rolini oshirish, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, shahardagi ijobiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida MATBUOT ANJUMANI o’tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo va Ishonch telekanallarining jurnalistlari, gazeta muxarrirlari, matbuot kotiblari, mustaqil jurnalistlar va keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etishdi. Ular bugungi kunning dolzarb masalalari va shahardagi ijobiy o’zgarishlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Anjumanda deputatlar va jurnalistlar o’rtasida iliq va qizg’in suhbatlar bo’lib o’tdi, barcha savollariga javoblar berildi. Jamoatchilik vakillari bilan bo’lib o’tgan suhbatlar orqali aholi hayotini yaxshilash va shaharda amalga oshirilgan ijobiy ishlar haqida yanada ko’proq ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Tadbirda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi mudiri tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimotlar ham qilindi. Bu tadbir Termiz shahridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot o’rnatishning muhimligini yana bir bor namoyish etdi.

#Termiz #Jamoatchilik #MatbuotAnjumani #XalqDeputatlari #ShaharKengashi #Fuqarolar #Jurnalistika #TermizdagiYangiliklar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram