Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.5K photos
4.76K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
San’at ixlosmandlari diqqatiga!

🎼 O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi ijodiy jamoasining “Surxon yulduzlari” nomli hisobot konserti

Mumtoz va estrada qo‘shiqchilik san’atining viloyatimizdagi eng sara ijrochilari – taniqli san’atkorlar ishtirokida.

📍Sizlarni 2025-yilning 3 may kuni soat 10:00 da Termiz shahridagi "San’at saroyi"da kutamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Yurtimizda aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, infratuzilmani takomillashtirish maqsadida shaharsozlik sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyatida ham bu borada tizimli ishlar davom etmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Yangi Termiz city", "Bog‘ishamol", "Kattabog‘", "Chegara" va "Saxovat" mahallalarida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalarining holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida ayrim obyektlarda qurilish talablariga rioya etilmayotgani aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun mas’ullarga aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, "A. Jomiy" mahallasidagi 5-sonli bog‘chada olib borilayotgan mustahkamlash ishlari ko‘zdan kechirildi. "Majnuntol" mahallasida joylashgan 19-sonli maktabni 300 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurish orqali rekonstruksiya qilish loyihasiga start berildi.

Barcha qurilish loyihalarini belgilangan muddatlarda, sifatli amalga oshirilishi, ishlarning reja-grafik asosida tashkil etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X