Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.5K photos
4.76K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari o‘tkazildi.

Marosimlarda harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, harbiy burchni vijdonan bajarishga qasamyod qildilar.

Tadbirda harbiy qismlar qo‘mondonlari, faxriylar, chaqirilgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyatida shahar va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarning obodligi uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi uchun qulay muhit yaratish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari barcha hududlarda izchil davom etmoqda.

Markaziy ko‘chalar va avtomobil yo‘llari bo‘ylarida tashkil etilgan yashil hududlar, ekilgan daraxt va gulzorlar bahor fasliga xos ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati va belgilangan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Tashrif davomida hududlarda mavjud muammolar o‘rganildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📚 Bugundan mamlakatimizda  “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” mamlakatimiz bo‘ylab 21-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Haftalik dasturidan yangi kitoblar taqdimoti, kitob savdo ko‘rgazma-yarmarkalari, turli aksiya va viktorinalar, mahorat darslari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan.

Haftalik doirasidagi tadbirlar vohamizda Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat hamda joylardagi axborot-kutubxona markazlarida o‘tkaziladi.

Barcha kitobsevar vohadoshlarimizni “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlariga taklif etamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram