🗣Termiz shahrida sport rivoji bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi⏺Bugun sport sohasini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlash hamda Olimpiya va Paralimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda soha rahbarlari, trener va murabbiylar, faxriy sportchilar hamda mutaxassislar ishtirok etdilar.
⏺Xabaringiz bor, joriy yilning 13-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz sport sohasi bo‘yicha katta yig‘ilish o‘tkazib, uni “yig‘ilishlarning yig‘ilishi” deb atadilar. Bu esa davlat miqyosida sportga qaratilayotgan e’tibor naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotlaydi. Haqiqatdan ham, sport mamlakatni jahon miqyosida tanitadigan asosiy yo‘nalishlardan biridir.
⏺Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida
“Olimpiya va Paralimpiya harakati, sport ta’limi va seleksiya hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha shahar hokimining
2025-yil 28-fevraldagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida
28 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, joriy yil uchun sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlar belgilandi.
⏺Bu tashabbuslar mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda natijalarimizni yaxshilash va yosh avlodni sportga keng jalb qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram