Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.85K subscribers
37.3K photos
4.84K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xabar berganimizdek, bugundan yurtimizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" boshlandi. Anashu maqsadda Surxondaryo viloyatida ham keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda.

Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida olib borilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida sport rivoji bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun sport sohasini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlash hamda Olimpiya va Paralimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda soha rahbarlari, trener va murabbiylar, faxriy sportchilar hamda mutaxassislar ishtirok etdilar.

Xabaringiz bor, joriy yilning 13-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz sport sohasi bo‘yicha katta yig‘ilish o‘tkazib, uni “yig‘ilishlarning yig‘ilishi” deb atadilar. Bu esa davlat miqyosida sportga qaratilayotgan e’tibor naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotlaydi. Haqiqatdan ham, sport mamlakatni jahon miqyosida tanitadigan asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida “Olimpiya va Paralimpiya harakati, sport ta’limi va seleksiya hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha shahar hokimining 2025-yil 28-fevraldagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida 28 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, joriy yil uchun sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlar belgilandi.

Bu tashabbuslar mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda natijalarimizni yaxshilash va yosh avlodni sportga keng jalb qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida “Joylinks” IT akademiyasi ochildi!

Bugun Termiz shahridagi IT PARKda “Joylinks” IT akademiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi P9-357-sonli qaroriga muvofiq Termiz shahrida IT sohasini rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

Akademiyada ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi.

💬Xususan, quyidagi kurslar yo‘lga qo‘yiladi:

➡️Robototexnika
➡️Kompyuter savodxonligi
➡️Web dasturlash
➡️ Grafik dizayn
➡️ Motion grafika
➡️SMM
➡️Ingliz tili
➡️Foundation dasturlash

Mazkur akademiyaning ochilishi IT sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bugungi kunda Termiz shahri ham IT markaziga aylanmoqda!

#IT #Joylinks #Termiz_shahar #Raqamli_kelajak

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz shahar hokimligida “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan tadbirkorlar bilan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida tadbirkorlik subyektlariga iste’molchining huquq va majburiyatlari haqida, moliyaviy xatarlarni aniqlash, firibgarlikdan himoyalanish va iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilish, iste’molchilarni hozirgi kunda jamiyatda bo’layotgan holatlar, ya’ni tovar (ish, xizmat)larni elektron savdo platformalari orqali xarid qilishda savdo qoidalarining buzilishini oldini olish yuzasidan tavsiyalar berilib, tadbirkorlardan mazkur savdolarni amalga oshirish jarayonidagi taklif va tavsiyalar tinglandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM