Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.85K subscribers
37.3K photos
4.84K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahridagi "Vatanparvarlar" bog‘ida Surxondaryo viloyatining chaqiruv yoshiga yetgan, saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va sog‘lig‘i jihatidan harbiy xizmatga yaroqli yoshlarning navbatdagi guruhi tantanali ravishda muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.

Tadbirda viloyat rahbariyati, mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, faxriylar hamda yoshlarning yaqinlari ishtirok etdi. Janubiy operativ qo‘mondonlik rahbariyati yoshlarni va ularning ota-onalarini ushbu muhim kun bilan tabriklab, Vatan himoyasiga shay turgan yigitlarga mustahkam iroda, jasorat va muvaffaqiyat tiladi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston armiyasi yoshlarning irodasini toblaydigan, Vatan va xalqga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan maktab sifatida namoyon bo‘lmoqda. Harbiy xizmatga yo‘l olgan yoshlar yurt tinchligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan mas’uliyatni anglab, elga xizmat qilishdek sharafli burchni bajarishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Tadbir yakunida yoshlar Termiz temir yo‘l vokzali orqali Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tasarrufidagi belgilangan harbiy qismlarga jo‘nab ketdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Katta kurash musobaqasiga marhamat!

"Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 20-mart kuni katta kurash musobaqasi o‘tkaziladi.

🤼‍♂️ Ushbu kurash musobaqasiga vohamiz va yurtimizning barcha hududlaridan polvonlarni taklif etamiz. Kurash musobaqasi sovrin jamg‘armasidan tuya, ot, ho‘kiz va qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari o‘rin olgan.

Barcha polvonlar va kurash ixlosmandlarini ushbu musobaqaga taklif etamiz.

📍Manzil: Sherobod tumani “Cho‘yinchi” mahallasida joylashgan “Sport Arena” majmuasi.

Joylashuv: https://maps.app.goo.gl/n49MZtqpNVaewn8N7

📞 Polvonlar ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamga bog‘lanishlari so‘raladi:
+998 91 365 76 97

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida yuqori daromadli kasb egallash va ish bilan ta’minlanish imkoniyati mavjud!

Logistika yo‘nalishida professional ta’lim:

Yo‘nalishlar: Fleet Management, Safety, Accounting, Dispatcherlik

O‘qish muddati: 3 oy (2 oy nazariy, 1 oy amaliyot)

Kafolatlangan ish bilan ta’minlash

Boshlang‘ich oylik ish haqi: $350 – $4000

📍 Manzil: Termiz IT Park

Mo‘ljal: Termiz davlat universiteti asosiy binosi ro‘parasida

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 Telefon: +998 95 509 01 00

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Kelajagingiz sari bir qadam tashlang!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun, 15-mart kunidan Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" boshlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xabar berganimizdek, bugundan yurtimizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" boshlandi. Anashu maqsadda Surxondaryo viloyatida ham keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda.

Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida olib borilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida sport rivoji bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun sport sohasini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlash hamda Olimpiya va Paralimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda soha rahbarlari, trener va murabbiylar, faxriy sportchilar hamda mutaxassislar ishtirok etdilar.

Xabaringiz bor, joriy yilning 13-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz sport sohasi bo‘yicha katta yig‘ilish o‘tkazib, uni “yig‘ilishlarning yig‘ilishi” deb atadilar. Bu esa davlat miqyosida sportga qaratilayotgan e’tibor naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotlaydi. Haqiqatdan ham, sport mamlakatni jahon miqyosida tanitadigan asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida “Olimpiya va Paralimpiya harakati, sport ta’limi va seleksiya hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha shahar hokimining 2025-yil 28-fevraldagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida 28 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, joriy yil uchun sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlar belgilandi.

Bu tashabbuslar mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda natijalarimizni yaxshilash va yosh avlodni sportga keng jalb qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida “Joylinks” IT akademiyasi ochildi!

Bugun Termiz shahridagi IT PARKda “Joylinks” IT akademiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi P9-357-sonli qaroriga muvofiq Termiz shahrida IT sohasini rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

Akademiyada ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi.

💬Xususan, quyidagi kurslar yo‘lga qo‘yiladi:

➡️Robototexnika
➡️Kompyuter savodxonligi
➡️Web dasturlash
➡️ Grafik dizayn
➡️ Motion grafika
➡️SMM
➡️Ingliz tili
➡️Foundation dasturlash

Mazkur akademiyaning ochilishi IT sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bugungi kunda Termiz shahri ham IT markaziga aylanmoqda!

#IT #Joylinks #Termiz_shahar #Raqamli_kelajak

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM