#mutolaa_vaqti
Kitob haqida:
Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari oʻzbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich koʻtargan ogʻa-ini, togʻa-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali oʻquvchi tarixda Temuriylar oʻrtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxoʻr beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning gʻoyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko‘rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g‘oyat erta, o‘n ikki yoshida taxtga o‘tirganida ro‘baro‘ bo‘ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo‘lgan shohning kuygan yuragi – shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida yonib, sog‘inch bilan o‘rtanib, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...” deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.
🇺🇿 Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅ Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Surxon_iftixorlari
🗣 O‘zbekiston faxri Eldor Shomurodov Rimning Olimpiko stadionini larzaga soldi
⏺ Kecha Yevropa ligasi nimchorak finalida Italiyaning "Roma" klubi Ispaniyaning "Atletik" klubini 2:1 hisobida yengdi. G‘alaba goli zaxiradan maydonga tushgan vohadoshimiz Eldor Shomurodov 90+4-daqiqada gol urib "Roma"ga g’alaba keltirdi.
⏺ Eslatib o‘tamiz, Eldor fevral oyida "Roma"ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
🇺🇿 Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅ Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar – zamonamizning haqiqiy qahramonlari"
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 8-mart haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏 Xalqaro xotin-qizlar kuni.
🇦🇱 Albaniya 🇱🇦 Laos – Onalar kuni.
#muhim_voqealar
🔹 1809 – Ivan Krilovning “Masallar” nomli birinchi kitobi dunyo yuzini ko‘rdi.
🔹 1910 – Kopengagenda Sotsialistik Internatsional 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni deb e’lon qildi.
🔹 1910 – Fransiyada Eliza Derosh uchuvchi guvohnamasiga ega bo‘ldi va dunyoda birinchi uchuvchi ayolga aylandi.
🔹 1965 – Xalqaro xotin-qizlar kuni bo‘lgan 8-mart dam olish kuniga aylandi.
#tavalludlar
🔹 1866 – Pyotr Lebedev – rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan.
🔹 1886 – Kendall Edvard Kalvin – amerkalik biyokimyogar, Nobel mukofoti sohibi.
🔹 1923 – Muhabbat Yo‘ldosheva – O‘zbekiston xalq artisti
🔹 1930 – Rahima Mazohidova – xonanda va aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti
🔹 1994 – Raʼnoxon Omonova – o‘zbek suzuvchisi, O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Xalqaro sport ustasi.
🇺🇿 Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅ Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
#bayramlar
#muhim_voqealar
#tavalludlar
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo tarixiga nazar tashlasangiz, bironta mutafakkir, notiq yoki shoir yoʻqki, ayollar haqida goʻzal soʻzlar aytmagan boʻlsin. “Ayolga nisbatan hurmat yoʻq joyda haqiqiy muhabbat ham boʻlishi mumkin emas”- deydi Jorj Bayron. Jaloliddin Rumiy esa “Ayol – nurdir, u faqat mahbuba yoki ona emas, balki u yaratuvchi zotdir.” deyishi bilan haqli.
Demak, bu dunyoning haqiqiy tayanchi, hayot yaratish quvvati bor boʻlgan zoti sharifalar shunchaki, goʻzallik timsoli emas, balki umrning mazmun-mohiyatidir desak oʻrinli boʻladi.
Xotin-qizlarga boʻlgan yuksak hurmat-ehtirom ruhini kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqidan anglab olish qiyin emas...
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlar!
Siz azizlarni, butun shahrimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf. Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
O‘zlaringiz kabi go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin!
Muhtaram hamshaharlar!
Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi.
Shu ma’noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning, jannat bog‘idan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin, degan so‘zlarini biz eng ezgu da’vat sifatida qabul qilamiz.
Biz hayotimizning ma’no-mazmuni, butun borlig‘imizni siz, qadrli opa-singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go‘zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo‘lib kelgansiz va doimo shunday bo‘lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma vaqt kuch-g‘ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag‘ishlab kelayotganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.
Donishmandlar “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deb bejizga aytishmagan. Har bir oilaning eng mo‘tabari, iltifot va e’tiborga moligi, Yaratganning betakror va go‘zal mo‘jizasi bo‘lgan ayollarimiz va opa-singillarimizni hamisha ardoqlab, e’zozlab kelamiz.
Xotin-qizlarimiz chehrasidagi mamnunlik, quvonch nafaqat xonadonlarimiz, balki, butun jamiyat barqarorligini belgilab beradi.
Mamalakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat va g‘amxo‘rlikni har bir islohotlarimiz zamirida yaqqol ko‘ramiz.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etilishi, har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinishi, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinishi, Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan, obro‘-e’tiborli ayollarni o‘z safida birlashtirgan “Oqila ayollar” harakatining tashkil etilishi, mehnat jamoalarida xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun “Ayollar kengashlari” tuzilishi Davlatimizning mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo‘lgan ayollarga bo‘lgan ishonch va ehtiromimiz namunasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa har tomonlama ibratli va iste’dodli qizlarimizning Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlanishi ham nafosat egalariga ko‘rsatilayotgan ishonch va e’tibordir.
Bu yil ham Prezidentimizning “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon hamda Zaripova Rushana Robertovna qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofot bilan taqdirlandi.
Aziz ayollar!
Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman.
Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin.
O’ktam To’rayev,
Termiz shahar hokimi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni barchaga muborak bo‘lsin!