Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.87K subscribers
37.5K photos
4.86K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🤩Viloyat “Ishonch” televideniyesi 28 yoshga toʼldi

📖Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining eng yaxshi axborot hamkori - 🤩“Ishonch” teleradiokompaniyasi tashkil etilganiga bugun 28 yil to‘ldi.

📝Ilk tamal toshi qoʼyilgan 1997-yilning 6-mart kunidan boshlab, to bugunga qadar “Ishonch TV” xalqimiz qalbidan munosib oʼrin egalladi, salohiyatli ijodiy jamoa shakllandi, koʼplab koʼzga koʼringan ijodkorlar uning mahorat maktabida toblandi.

🫥Yuqori televizion texnologiyalar bilan jihozlangan televideniye bugun oʼz koʼrsatuvlarini texnik sifat borasida yuqori tiniqlikni taʼminlaydigan raqamli – HD formatda efirga uzatib kelmoqda.

🫥Iste’dodli jurnalist Аbdugʼani Qodirov rahbarligidagi “Ishonch” teleradiokompaniyasini tashkil etishda hamda rivojlantirishda oʼz hissasini qoʼshgan va bugunda faoliyatini olib borayotgan barcha xodimlarni ushbu qutlugʼ sana bilan samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Diqqat eʼlon: Taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Termiz shaharning baʼzi mahallalarida gaz taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Termiz shahar, “Jayxun” MFYdan yer osti o‘rta bosimli D-100 mmli gaz quvurida gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish hamda gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirish maqsadida “Jayxun”, «A.Avloniy» va «Farhod» MFYlarida 2025-yil 7-mart kuni soat 13:00 dan 15:00 ga kadar 2427 ta aholi xonadonlari va 45 ta ulgurji isteʼmolchilari tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.

❗️Taʼmirlash  ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti tiklanadi.

🙏Gaz taʼminoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌷Ayol borki, olam munavvar!

Yangilanish faslining nafosat bayrami “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchi va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchi ayollariga Termiz garnizoni harbiy orkestori va Termiz shahar madaniyat markazi honandalari isntirokida bayram munosabati bilan konsert dasturi o'tkazildi.

Bayramona tadbirda harbiy xizmatchi ayollar hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va mo'tabar onaxonlar ishtrok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizning barcha ayollari va munis onaxonlarimizni qutlug‘ bayramlari bilan chin dildan tabrikladilar.

Xotin-qizlarimizning fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, faolligi, ibratli fazilatlari yuksak baholanib harbiy qism qo‘mondonligining tabriknomasi va qimmat baho sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM