Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.86K subscribers
37.5K photos
4.86K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Yigitning Vatan oldidagi eng oliy burchi – uning himoyasi uchun sadoqat bilan xizmat qilishdir. Bugun Surxondaryo viloyatidan bo‘lajak askarlar harbiy xizmatga kuzatildi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Mudofaa ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashining viloyat bo‘limi, Termiz harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari, keng jamoatchilik, askarlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Vatan himoyasiga yo‘l olgan yigitlarga harbiy orkestr sadolari ostida “Armiya – hayot maktabi” kitobi hamda sanitariya-gigiena vositalari topshirildi. Bayramona dasturxon atrofida davom etgan tadbir san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Shundan so‘ng, vatanparvar yigitlar Termiz temir yo‘l vokzalidan tantanali ravishda kuzatildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatining havo darvozasi — Termiz xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Shu bilan birga, aeroportga olib boruvchi yo‘l va uning atrofi ham keng ko‘lamli obodonlashtirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Termiz xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari hamda viloyat markaziga olib keluvchi asosiy yo‘llardan biri — M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘ylab obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va "yashil" belbog‘lar yaratish ishlari bilan tanishdi.

Hududlar rahbarlari va mutasaddilarga ishlar sur’atini oshirish, obodonlashtirish tadbirlarini yanada kengaytirish va barcha mahallalarni qamrab olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎀Termiz shahrida "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" keng nishonlandi

🌸Bugun Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🌸Unda shahrimizda turli sohalarda ko‘p yillar va samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbirida yig‘ilganlarni Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi.

🌸Tadbirda el suygan sanʼatkorlar va shahar madaniyat bo‘limi tomonidan ijro etilgan ona, tinchlik, bahor, mehr-muhabbat va sadoqatni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar hamda sahna chiqishlari barchaga bir olam quvonch ulashdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM