Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
February 21
💰Usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi

“Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Prezident Farmoni qabul qilindi.

📌Farmon bilan joriy etilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartiblari dehqonchilikni rivojlantirishga, aholining oziq-ovqat ta’minotini yaxshilashga va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga yo'naltirilgan.

📝Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartiblari:

✔️ Grantlar:
Har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

✔️O‘quv kurslari:
Usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.

✔️ Kreditlar:
Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi (shundan 5 foiz bank marjasi).

✔️ Subsidiya:
Muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

✔️ Lizing:
Aholi tomorqalari va ijara yerlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga beriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 21
🗣Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti

Xabaringiz bor, yurtimizda haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni asrash, ularni keng targ‘ib qilish hamda avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Termiz shahrida ham juma kuni tashkilot va muassasalarda milliy liboslar chelenjlari tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun shahar hokimligida ham mazkur chelenj o‘tkazildi.

Mazkur chelenjlar shahardagi barcha tashkilot va korxonalarda davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Yuragingni his qil, qon tomirlaringda millat ruhi borligini angla. Milliy libos kiy, o‘zingga qayt!

“Milliy liboslarimizni zamonaviy talqinda ommalashtirish”ga qaratilgan aksiyani davom ettiramiz

Lavhada Termiz shahar "Bog'zor" mahallasi yoshlari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugungi kunning qadri...

"- Avvallari Termizga kelsak qolishga joy, mehmonxona topolmasdik, Bugun yaratilayotgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida hozir Termizda yashash havasga aylandi..."


"So‘z sizga" tok-shousining navbatdagi sonida surxondaryolik faollar va nuroniylar bilan suhbat qilindi.

Ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/xt7ymVSnqcg?si=m6QiWl97AyDxmb_k

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 21
🗣Termiz shahrida sportning kikboksing turi bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tayapti.

Chempionatda mamlakatimizning Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafarga yaqin yosh kikbokschilar ishtirok etmoqda.
Yo‘nalishlar:
🥊 Point Fighting
🥊 Light Contact
🥊 Kick Light
🥊 Low Kick
🥊 Full Contact
🥊 K-1
Chempionat Termiz shahridagi yakka kurash sport majmuasida o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston chempionati mamlakatimizning eng kuchli yosh kikbokschilarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chempionatda muvaffaqiyat qozongan sportchilar xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur chempionat 24 fevral kuniga qadar davom etadi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 22