Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har yili yoshlarning noyob qobiliyat va iqtidorlarini keng namoyish etish, yangi iste’dodlarni kashf qilishga qaratilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" o‘tkazib kelinmoqda. Bu yildan esa davlat rahbarining yana bir tashabbusi - "Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Bugun Termiz shahrida joylashgan Prezident maktabining yangidan rekonstruksiya qilingan sport majmuasida "Besh tashabbus olimpiadasi" va "Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining 2025 yilgi mavsumiga start berishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchi yoshlar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda hududiy studiyalar orqali tumanlar ham ulandi. Viloyat rahbari so‘zida yoshlarga bu yilgi sport musobaqalari va tanlovlarda omadlar tilab, "Besh tashabbus olimpiadasi" va "Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining viloyat bosqichini ochiq deb e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, "Besh tashabbus olimpiadasi" o‘tgan yilgi mavsumida vohamiz yoshlari jami 39 ta shundan, 15 ta oltin, 17 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar mahallalarida jami 91 ta sport maydonchalari qurib berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📆 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yildagi ilk mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 1 kun qoldi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yildagi 1-mavsumida loyiha kiritish bosqichi 20-fevral kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mavsumda respublikadagi barcha mahallalar ishtirok eta oladi. Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahriga 100 ta zamonaviy avtobus olib kelinadi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi, CIB banki hamda “SINOSURE” sug‘urta tashkiloti vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida Termiz, Olmaliq va Toshkent shaharlariga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Termiz shahrida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida “Termiztransportxizmat” MCHJ tomonidan 100 dona zamonaviy avtobus sotib olish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha shahar aholisi uchun qulay, xavfsiz va samarali transport xizmatlarini tashkil etishga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarning bandligi ta’minlandi.
 
Termiz shahar Ichki ishlar bo’limi Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan probatsiya guruhi hisobida ro‘yxatda turgan  nazorat ostidagi shaxslar bilan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bolimi hamkorligida "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

Tadbir davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida keng imkoniyatlar bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarni qayta kasbga oqishlari uchun yo‘llanmalar berildi. 3 nafar nazorat ostidagi shaxslarga ishga joylashishlari uchun yo`llanmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM