Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI O‘TKAZILDI

Termiz shahar hokimi, 1-sektor rahbari O’.To’rayev boshchiligida “Bog’zor” mahallasida jinoyat muhokamasi o’tkazildi.

Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarini muhokama qilib borish ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Keng jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyatlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlar davom etmoqda!

2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar "Yo‘l xaritasi" va maxsus dastur asosida amalga oshirilmoqda.

📍”Manguzar” mahallasi

💬Bunday profilaktik ishlar kelgusida ham davom ettiriladi.

#XavfsizMahalla #HuquqbuzarlikningOldiniOlish #Termiz #ProfilaktikTadbirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar hududida reklamalarni tartibga solish ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimligi Ishchi guruh a’zolari hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining sohaga aloqador mas'ul xodimi hamkorligida shahar hududining “Ibn Sino” nomli ko’chasidagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari olib borildi.

Hurmatli tadbirkorlar!!!

Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingiz so‘raladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Termiz shahar hokimligi bilan hamkorlikda joylarda tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida o`rganish ishlari va xatlov o’tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM