Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
📣 Хайрли ишга бош қўшинг, азизлар!

Қабристон обод бўлса – ўтганларнинг руҳи шод, тирикларнинг эзгу амалларида унум ва барака бўлади. Шу сабабдан, эртага – 9 февраль куни вилоятимиздаги мавжуд 734 та қабристонда ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари амалга оширилади.

Баҳорни, Наврўзни соғинган Сиз азиз воҳадошларимизни ушбу хайрли тадбирларда фаол иштирок этиб, қабристонлар тозалиги, саранжом-саришталигига ўз ҳиссангизни қўшишга, ўтганларнинг зиммамиздаги ҳақларини ихлос билан адо этишга чорлаймиз.

Эзгу амалларимиз атрофга ўзгача файз, гўзаллик, қалбларга сурур ва ифтихор бахш этсин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍𝙏𝙚𝙧𝙢𝙞𝙯 𝙨𝙝𝙖𝙝𝙧𝙞 | Alisher Navoiy merosini yod etish maqsadida ma’naviy tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun: adabiyot quyoshi porlagan sana

9-fevral – buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyotining asoschisi, balki butun Sharq tamaddunining yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U 1441-yilda Hirotda tug‘ilgan va o‘zining boy ijodi orqali turkiy adabiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.

💬Navoiyning buyukligi nimada?

U ilk bor turkiy (o‘zbek) tilining adabiy imkoniyatlarini fors tilidan kam emasligini isbotlab, ona tilida ajoyib asarlar yaratdi;

“Xamsa” asarini turkiy tilda yozgan birinchi shoir sifatida tanilgan;

Uning ijodidan faqat she’riyat emas, balki falsafa, tarix, tilshunoslik va musiqa haqidagi muhim asarlar ham o‘rin olgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahri "Gulira’no" mahallasida infratuzilma holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda chiqindilarni olib chiqish ishlari bilan tanishildi.

Ko‘chalar bo‘ylab o‘rganishlarda yo‘l va yo‘laklarning ta’mirtalabligi, obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi hamda bartaraf qilish topshirig‘i berildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrining Ibn Sino ko‘chasi hamda Termiz tumanida Termiz xalqaro aeroportiga boruvchi yo‘l bo‘ylab "yashil" belbog‘lar yaratish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar yo‘l bo‘ylab uch qator manzarali daraxt ko‘chatlari ekish takliflari taqdimoti bilan tanishildi.

Viloyat rahbari takliflarni ma’qullab, barcha hududlarda ushbu loyiha asosida ko‘chat ekish ishlarini qisqa muddatda yakunlash lozimligini ta’kidladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish va tashviqot ishlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi a’zolari, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari aholi xonadonlariga havo tarkibidagi is gazini aniqlaydigan maxsus uskunalarni o‘rnatib bermoqda. Bu xayrli tashabbus uchun fuqarolar partiya vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirishmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri “Saxovat” mahallasi hududida barpo etilayotgan “Termiz city” majmuasida ko‘p qavatli uy-joylar va boshqa binolarning qurilishi, xususan, “Fayz Mexriniso qurilish” xususiy korxonasi tomonidan bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mas’ullarning axborotlarini tingladi. Majmuada qurilish ishlarini sifatli bajarish, belgilangan loyihalarning muddatida amalga oshirilishiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, “Shodlik” mahallasida infratuzilma holati va aholi turmush sharoitlari o‘rganildi. Mutasaddilarga yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, yangilarini barpo etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi. Hududda ko‘p qavatli turar joylar qurilishi bilan bog‘liq muammolar ham o‘rganilib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, “Tinchlik” mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" suv ishlab chiqarish inshooti hududida Termiz davlat universiteti tomonidan 3 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi ishlari bilan tanishildi. Mazkur stansiya hududdagi foydalanilmayotgan 3 gektar maydonda barpo etilayotgan bo‘lib, uning ishga tushirilishi natijasida bo‘sh maydondan samarali foydalanish hamda ekologik toza “yashil” energiya olish imkoniyati yaratiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X