Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Chaqiruv yoshidagi yoshlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahar Mudofaa ishlari bo‘limida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, jismonan sog‘lom ma’nan yetuk bo‘lgan yoshlarni muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelishlari uchun chaqiramiz.

Muddatli harbiy xizmatga ketishda barcha ko‘riklardan o‘tish, analiz tekshiruvlarini topshirish mutlaqo bepul amalga oshiriladi. 

💬Chaqiriluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida quyidagi qo‘shinlarga yuboriladi:

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari;
Ichki Ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘shinlari;
Mudofaa vazirligining Maxsus operatsiya kuchlari qo‘shinlari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Muhandislik qo‘shinlari;
Mudofaa vazirligining toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari, artilleriya, tank, quruqlikdagi va boshqa qo‘shinlar;
Mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo‘shinlari.

📱Hurmatli chaqiruv yoshidagi yoshlar!

Shahar mudofaa ishlari bo‘limiga hujjatlaringiz bilan muddatli harbiy xizmatga ketish uchun kelishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish va harbiy xizmatni o‘tash burchini bajarish har bir O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining burchidir!

📞 Murojaat uchun telefonlar:
+998 88 864 44 64
+998 91 901 92 26
+998 93 474 02 73

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar hududida reklamalarni tartibga solish ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimligi ishchi guruh a’zolari hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining sohaga aloqador mas'ul xodimi hamkorligida Termiz shahar “Alisher Navoiy” ko’chasidagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.

💬Hurmatli tadbirkorlar!!!

✏️Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingiz so‘raladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATIDAN

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi “Ma’rifat” mahallasida xalq deputati shahar Kengashi deputati A.Mustafakulov saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, deputat tashabbusi bilan tegishli tashkilotlar hamkorligida ushbu mahallaning Ayirtom ko‘chasida joylashgan 25-umumiy hovli uylari oldiga asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Giyohvandlik sizdan hammasini tortib olishiga yo'l qo'ymang❗️

▪️Giyohvandlik nafaqat inson salomatligini yemiradi, balki uning ijtimoiy hayotini ham izdan chiqaradi.

▪️Tibbiy jihatdan, bu kasallik va ruhiy muammolarga olib keladi. Ijtimoiy tomondan, oila va jamiyatdan ajratadi.

▪️Huquqiy jihatdan esa, og‘ir jazo va hayotni butunlay izdan chiqaruvchi oqibatlarga sabab bo‘ladi.

⚠️ Ogoh bo‘ling, sog‘lom hayotni tanlang!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❄️Termizning gavjum ko’chalari, oppoq qor bilan bezalmoqda. Havo nisbatan salqin, lekin qorning yumshoq, pushti soyalari yurakka iliqlik beradi. Har bir qor parchasida, har bir nafasda yangi boshlanishning hisi bor.

🩵Qor – bu tabiatning o’ziga xos san’ati, bizni nafosat va tinchlikka chaqiradi. Bugun, bu oppoq olamda, har bir qadamni sevgi va umid bilan tashlaylik!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish” oyligi doirasida chora-tadbirlar davom etmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiyani amalga oshirish yuzasidan 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan “Milliy dastur"ning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida joriy yilning fevral oyi davomida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish” bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar, tanlovlar va turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Bugun Termiz shahar hokimligida ushbu oylik doirasida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahar “Guliston” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi “Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi” mas’ul xodimi J.Raxmonov, viloyat hokimligi guruh rahbari Z.Nazarov bilan birgalikda 1-sektordagi “Mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, zarur tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Hozirgi kunda barcha tashkilot va muassasalarda, mahallalarda, aholi gavjum joylarda targ‘ibot vositalarini tarqatish, uchrashuvlar va turli tadbirlar o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM