Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.7K photos
4.88K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Viloyat hokimi o‘tgan haftada Termiz shahrida joylashgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishuvida tadbirkorlar uchun markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda ko‘maklar borasida seminar-trening tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.

Bugun Termiz shahrida joylashgan Bilim va malakalarni baholash markazi binosida vohamiz hududlaridan tashrif buyurgan mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv hamda seminar trening tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Viloyat rahbari yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga to‘xtalib, Jahon bankining grant mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi tomonidan tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar bepul ko‘rsatilishi, mahsulotlar va xizmatlarni xaridorlarga tanitish, xorijiy kompaniyalar faoliyati bilan tanishtirish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uskunalar keltirish kabi masalalarda yordam berishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, markazning xorijda tajriba orttirgan malakali mutaxassislari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, yordam va ko‘mak turlari, hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil axborot berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️Bugun 7-fevral haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

💬#bayramlar

Butunjahon ovoz chiqarib o‘qish kuni.

Global maktab o‘yinlari kuni.

Yong'in o‘chirish vositasining tug‘ilgan kuni.

🇺🇸AQSh – Qizlar va ayollar sporti kuni.

🇺🇸AQSh – Atirgul kuni.

🇷🇺Rossiya – Yong‘in o‘chiruvchilar kuni.

💬#muhim_voqealar

1568 – Yevropaliklar Solomon orollarini kashf etdilar.

1999 – O‘zbekiston rus akademik drama teatrining qayta qurilgan yangi binosi tantanali ochildi.

1992 – Oʻzbekiston va KXDR oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

💬#tavalludlar

1812 – Charlz Dikkens – ingliz yozuvchisi, tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan.

1870 – Alfred Adler – Avstriyalik psixiatr va psixolog. Psixoanalizning individual psixologiya yoʻnalishiga asos solgan.

1900 – Rafiq Mo‘min – o‘zbek shoiri, dramaturg, pedagog.

1947 – Norto‘xta Qilich – O‘zbek yozuvchisi.

1992 – Irina Sharipova – rossiyalik fotomodel, “Dunyo goʻzali” tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Shuningdek, mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda yutubdagi https://youtu.be/6k_vYfmSP_4?si=bUdJFtnRXBadewlF sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz amaliy natijalarga boy bo‘lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ayni vaqtda navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishmoqda.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani, qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘lgani, xizmatlar 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshgani (o‘sish – 3,5 barobar) qayd etildi.
〰️〰️〰️

Servisni rivojlantirish bo‘yicha vazir va hokimlarda yondashuv har xilligi, birgalikda ishlash yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Yetti yilda xususiy klinikalar soni 3 karra oshdi. Ko‘p klinikalar olib kelingan brend tibbiy uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 6 oygacha cho‘zilayotganidan norozi bo‘lib, chetdan keladigan uskunalarni soddalashgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifini beryapti.

Joylarda tibbiy laboratoriya ochish uchun tadbirkorlar akkreditatsiyadan o‘tishga oylab vaqt sarflayapti. To‘siqlar juda ko‘p. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir viloyatda 10 nafardan shunday tadbirkorlar bor. Ular 1 million dollardan pul tikib, laboratoriya ochishga tayyor.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Tibbiyot, aviatsiya va energetikada xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar 20 milliard dollardan oshdi.

Lekin, ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘l qurilishida bunday loyihalar deyarli yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Sharoit yaratib berilsa, 1 milliard dollar sarmoya kiritib, 10 mingta ish o‘rni qilaman, degan mahalliy tadbirkorlar juda ko‘p.

Uch yil oldin 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo va servis obyektlari qurish bo‘yicha imtiyoz berilgan. O‘tgan davrda 209 ta bunday obyektlar qurildi.

So‘nggi to‘rt yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 700 million dollar olib kelindi, bu yil yana 350 million dollar jalb qilinadi. Buning hisobiga kamida 20 mingdan ziyod veterinarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Yil yakunigacha xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmati hajmini 5 baravarga oshirish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X