Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.88K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Bugungi kunning qadri: Termiz shahrida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Termiz shahrida O‘zbekiston Qahramoni, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruv raisi, Senator Sodiqjon Turdiyev boshchiligida viloyatimizning, respublikamizning faxri, g’ururi bo’lgan faxriylarimiz ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdi, o’zgarishlar va zamonaviy dunyo haqida o’z fikrlarini bildirishdi. Avlodlar o’rtasidagi suhbatlar bir-biriga o’xshash bo’lmasdan, har bir avlodning o’ziga xos tajribasi va nuqtai nazarini ko’rsatdi.

Samimiy muloqot nafaqat bilim va tajriba almashish, balki ishonch va hurmatni ham shakllantiradi. Avlodlar o’rtasidagi farqlarni qabul qilish va o’rganish, yanada boy va konstruktiv jamiyatni yaratishda muhim o’rin tutadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakka bo’lgan ishonchini mustahkamlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu tajriba orqali yoshlar o’zlarining kelajakdagi yo’llarini yanada aniqroq belgilab olishlari tabiiy.

Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 7-dekabr kuni “Aholini talab yuqori kasblarga o’qitish va daromadli ish bilan ta’minlash vazifalari” bo’yicha o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda dual ta’limda kadrlar tayyorlashni kengaytirish vazifalari berilgan edi.

Bugun, Termiz shahrida joylashgan Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumisa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining va Surxondaryo oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Dual ta’lim shaklini ish beruvchilarga tushuntirish bo’yicha o’quv seminar bo’lib o’tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Unda vohamiz hududlaridan tashrif buyurgan mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir doirasida Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazining xorijda tajriba oshirgan mutaxassislari tomonidan seminar trening ham o‘tkazildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Viloyat hokimi o‘tgan haftada Termiz shahrida joylashgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishuvida tadbirkorlar uchun markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda ko‘maklar borasida seminar-trening tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.

Bugun Termiz shahrida joylashgan Bilim va malakalarni baholash markazi binosida vohamiz hududlaridan tashrif buyurgan mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv hamda seminar trening tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Viloyat rahbari yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga to‘xtalib, Jahon bankining grant mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi tomonidan tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar bepul ko‘rsatilishi, mahsulotlar va xizmatlarni xaridorlarga tanitish, xorijiy kompaniyalar faoliyati bilan tanishtirish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uskunalar keltirish kabi masalalarda yordam berishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, markazning xorijda tajriba orttirgan malakali mutaxassislari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, yordam va ko‘mak turlari, hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil axborot berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X