🗣Bugungi kunning qadri: Termiz shahrida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.⏺Termiz shahrida O‘zbekiston Qahramoni, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruv raisi, Senator Sodiqjon Turdiyev boshchiligida viloyatimizning, respublikamizning faxri, g’ururi bo’lgan faxriylarimiz ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.
⏺Uchrashuvda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdi, o’zgarishlar va zamonaviy dunyo haqida o’z fikrlarini bildirishdi. Avlodlar o’rtasidagi suhbatlar bir-biriga o’xshash bo’lmasdan, har bir avlodning o’ziga xos tajribasi va nuqtai nazarini ko’rsatdi.
⏺Samimiy muloqot nafaqat bilim va tajriba almashish, balki ishonch va hurmatni ham shakllantiradi. Avlodlar o’rtasidagi farqlarni qabul qilish va o’rganish, yanada boy va konstruktiv jamiyatni yaratishda muhim o’rin tutadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakka bo’lgan ishonchini mustahkamlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu tajriba orqali yoshlar o’zlarining kelajakdagi yo’llarini yanada aniqroq belgilab olishlari tabiiy.
⏺Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram