Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Bugungi kunning qadri: Surxondaryoda nuroniylar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazildi

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Qahramoni, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi, Senator Sodiqjon Turdiyev ishtirokida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, bugun voha nuroniylari Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi va "Yangi O‘zbekiston" bog‘i qurilishi bilan tanishdilar hamda Al-Hakim at-Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "Nigina" tantanalar saroyida "Bugungi kunning qadri" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda faxriylar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashish borasida nuroniylarning hissasi beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir doirasida bir guruh nuroniylarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va sihatgohlarga yo‘llanmalar topshirildi.

Shuningdek, harbiy qismda viloyat harbiy prokurori, nuroniylar, harbiy xizmatchilar, faxriy harbiylar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugunning qadriga yetish hamda nuroniylarning hayot  tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda oʼrganish ishlari davom ettirilmoqda.

Bugun Respublika ishchi guruhi aʼzosi Oʼ.Hamrayev Termiz shahridagi “А.Navoiy” va “Kokildor ota” mahallalarida boʼlib, issiqxonalarda mahsulotlar yetishtirish va aholi tomorqasidan foydalanish boʼyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, tadbirkor Botir Sagizov tomonidan “А..Navoiy” mahallasida tashkil etilgan 3 gektar yer maydondagi issiqxonada va “Kokildor ota” mahallasidagi 5 gektar ochiq maydonda qulupnay yetishtirish jarayoni bilan tanishib, aholi daromadlarini oshirishda ushbu qulupnay mahsulotlarini yetishtirish tajribani aholi tomorqalarda ham amalga oshirish boʼyicha mahalla masʼullariga aniq tavsiyalar berildi.

Shundan soʼng, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni oʼrganish maqsadida mahallada yashovchi fuqaro Eshpulatov Baxtiyorning xonadonida boʼlib, 8 sotixlik issiqxonada pomidor mahsulotini yetishtirish agrotexnologiyasi bilan tanishdi va oilaviy tadbirkorligini kengaytirish boʼyicha kelgusida amalga oshiriladigan rejalari kelishib olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda oʼrganish ishlari davom ettirilmoqda.

Respublika ishchi guruhi aʼzosi Oʼ.Hamrayev va mutasaddilar tomonidan "Turon" mahallasi fuqarosi, 1-guruh nogironi Furqat Qurbonov xonadoniga tashrif buyurilib, tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida uning tadbirkorligini ommalashtirish va kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

📷Foto mobil tasvirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish binolari hamda boshqa obyektlar qurilishi bilan tanishdi. Shuningdek, "Bog‘ishamol" mahallasida yangi mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda tashkil etilgan "yashil" maydonlar va ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

O‘rganish ishlari davomida shahar hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari ham tinglandi.