Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuala-Lumpurda tantanali kutib olindi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘lasidan samarali foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hamda eski turar joylarning fasad qismini ta’mirlash loyihalari bilan tanishdi.

Shuningdek, turizm ko‘chasi bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan kollektorning 1,2 km qismini zamonaviy drenaj usulida yopish jarayoni bilan tanishildi. Jumladan, kollektorni yopiq drenaj tizimiga aylantirish uchun olib kelingan quvurlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha doirasida maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari, servis markazlari tashkil etish orqali ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan.

Shahar bo‘ylab o‘rganish ishlari yakunida "Boqiy shahar" turistik majmuasi qurilishi bilan ham tanishildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish va majmuani "Navro‘z" bayrami arafasida tashrif buyuruvchilar uchun ochish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi Termiz shahrining infratuzilmasini rivojlantirish, aholi va mehmonlarga qulay sharoit yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugungi kunning qadri: Surxondaryoda nuroniylar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazildi

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Qahramoni, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi, Senator Sodiqjon Turdiyev ishtirokida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, bugun voha nuroniylari Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi va "Yangi O‘zbekiston" bog‘i qurilishi bilan tanishdilar hamda Al-Hakim at-Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "Nigina" tantanalar saroyida "Bugungi kunning qadri" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda faxriylar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashish borasida nuroniylarning hissasi beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir doirasida bir guruh nuroniylarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va sihatgohlarga yo‘llanmalar topshirildi.

Shuningdek, harbiy qismda viloyat harbiy prokurori, nuroniylar, harbiy xizmatchilar, faxriy harbiylar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugunning qadriga yetish hamda nuroniylarning hayot  tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM