Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.9K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryoda Bojxona organlari xodimlari sharaflandi

Termiz shahridagi "Muhtasham" tantanalar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 26-yanvar – Bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bojxona xizmati mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim sohalardan biri ekanligini ta’kidladi hamda bojxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Bu borada birgina o‘tgan 2024-yilda viloyat Bojxona organlari tomonidan 2 mln nafar fuqaro, 485 mingta transport vositalari hamda 7,0 mln tonnaga yaqin tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Shuningdek, noqonuniy va inson salomatligi uchun xavfli tovarlarning yurtimizga kirib kelishining oldi olingan hamda ko‘rsatilgan xizmatlar orqali davlat byudjetiga 400 mlrd so‘m tushum ta’minlandi.

Viloyat rahbari Bojxona organlarida samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning bir guruhiga viloyat hokimligi faxriy yorliqlari va sovg‘alarini tantanali topshirdi.

To‘kin dasturxon atrofida o‘tgan bayram tadbirida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Jenisbek Piyazov va vohamizning taniqli san’atkorlari o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun, dushanba, 27-yanvar
Surxondaryo, Termiz shahri

🔹 Hozirgi ob-havo ma'lumoti

☀️ Ochiq havo
Temperatura: 0 C°
Tuyuladi: 0 C°

———

Bulutlar: 4%
Namlik: 80%
Shamol: 1.03 m/s
Bosim: 773 mm sim. ust.
Quyosh chiqishi: 07:37
Quyosh botishi: 17:49

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram