Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliyligimiz-o‘zligimiz!
Termiz shahar "Saxovat" mahallasining faol va ijodkor qizlaridan tashkil topgan "Nafosat qizlari" jamoasi milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish hamda zamonaviy va anʼanaviy qadriyatlar uyg‘unligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan "Milliy liboslar" chelenjida faol ishtirok etdi.
Ushbu chelenj barcha mahalla yoshlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, milliy liboslarimizning nafosati, milliy madaniyatimizning boyligi va qadriyatlarimizning ahamiyatini yana bir bor yodga soluvchi tadbir sifatida o‘tkazilmoqda. Har bir milliy libosning mazmuni va tarixi boy, ularni zamonaviy modaning o‘ziga xos elementi sifatida namoyon qilishga harakat qilishimiz zarur!
#Milliy_liboslar_chelenj #Termiz_shahar #Milliy_qadriyatlar
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlar infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, "yashil" belbog‘larni parvarishlash, daraxt ko‘chatlari ekish, yo‘llarni ta’mirlash, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, shuningdek, korxonalar faoliyati, qishloq xo‘jaligi maydonlarida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri hamda Termiz, Jarqo‘rg‘on, Angor va Sherobod tumanlariga tashrif buyurdi.
Xususan, Termiz xalqaro aeroportining kutish zalini ta’mirlash, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari qurilishi, Angor tumani "Bahor" mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, mahsulotlar yetishtirish va eksportga yo‘naltirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash, yer maydonlarini mavsumga tayyorlash ishlari bilan tanishildi.
Shuningdek, "Bahor" mahallasida joylashgan "Top Quality Brand" MCHJning terini qayta ishlash korxonasi faoliyati hamda ushbu hududda tashkil etilayotgan "Bahor" charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishi ko‘zdan kechirildi. Loyihani sifatli amalga oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat rahbari M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod tumanidan Termiz shahrigacha bo‘lgan qismi atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash ishlarini ham o‘rganib, mutasaddilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Hududlarga tashrifidan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri markazida qad rostlashi kutilayotgan "Termiz sity mall" loyihasining qurilishiga start berdi. Shaharning zamonaviy qiyofasi va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiluvchi mazkur loyihaning amalga oshirilishi hisobiga ko‘plab xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari hamda ko‘ngilochar maskanlar barpo etiladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X