Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Журналист ва блогерлар учун семинар ўтказилди
Бугун Сариосиё туманида Сурхондарё вилояти ҳокимлиги, вилоят ахборот ва оммавий коммуникациялар, адлия бошқармалари ҳамкорлигида журналист ва блогерлар учун семинар ташкил этилди. Унда АОКБ бошлиғи Заҳириддин Тўраев, адлия бошқармаси “Ҳуқуқий ахборот” бўлими бошлиғи Абдумўмин Раҳмонов, бўлим бош маслаҳатчиси Бунёд Авазов ҳамда бир гуруҳ журналист ва блогерлар иштирок этди.
Семинар давомида бугунги кун журналистикаси ва блогосфераси олдида турган энг муҳим масалалар, мавжуд муаммолар таҳлил қилинди. Соҳадаги ҳуқуқ ва мажбуриятлар, сўз эркинлиги ва шахсий ҳаёт дахлсизлиги борасидаги ҳуқуқий ва ахлоқий чегаралар, сифатли, фойдали контентлар сони ва салмоғини ошириш юзасидан ўзаро фикр, тажриба алмашилди.
🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahridagi "Vatanparvarlar" bog‘ida Termiz botanika bog‘i, mehmonxona, restoran va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, Said otaliq madrasasi hududida tadbirkorlik servis xizmatlari tashkil etish, "Termiz hayvonot bog‘i"ning rivojlantirish rejalari, xususiy telekanal tashkil etish hamda madaniyat muassasalarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, dam olish maskanlari qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ularning ertangi istiqbollari, iqtisodiy samaradorligini inobatga olish, sohaning malakali mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mutasaddilarga tashabbuslarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish, tasdiqlangan loyihalarni boshlash yuzasidan tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatish vazifalari belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahri "Surxon sohili" mahallasida joylashgan "Taxta" bozori o‘rnida zamonaviy qurilish materiallari savdo kompleksi hamda hududda joylashgan bo‘sh yer maydonida sanoat zonasi qurish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilib, viloyat rahbariga taqdimot qilingani hafida xabar berilgandi.
Bugun mazkur loyihalarning qurilishiga start berildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, mutasaddilar, loyiha tashabbuskorlari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Viloyat rahbari loyihaga tamal toshini qo‘yib berdi hamda mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va muddatida amalga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, hududlarda bir kunlik bozorlarning rekonstruksiyasi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun mazkur loyihalarning qurilishiga start berildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, mutasaddilar, loyiha tashabbuskorlari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Viloyat rahbari loyihaga tamal toshini qo‘yib berdi hamda mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va muddatida amalga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, hududlarda bir kunlik bozorlarning rekonstruksiyasi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6196-sonli Farmoni va PQ-5050-sonli Qarori hamda Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror ijrosini ta’minlash, hamda ushbu qaror yuzasidan olib borilayotgan ishlarning sarhisobi qilindi.
Qolaversa, 2023-yil 10/3/05-QQ “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda olib borilayotgan ishlar ahvoli hamda qo‘shma qaror ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida so’z yuritilib, samarali faoliyat yuritgan bir qator xodimlar taqdirlandi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda Bojxona organlari xodimlari sharaflandi
Termiz shahridagi "Muhtasham" tantanalar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 26-yanvar – Bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bojxona xizmati mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim sohalardan biri ekanligini ta’kidladi hamda bojxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Bu borada birgina o‘tgan 2024-yilda viloyat Bojxona organlari tomonidan 2 mln nafar fuqaro, 485 mingta transport vositalari hamda 7,0 mln tonnaga yaqin tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Shuningdek, noqonuniy va inson salomatligi uchun xavfli tovarlarning yurtimizga kirib kelishining oldi olingan hamda ko‘rsatilgan xizmatlar orqali davlat byudjetiga 400 mlrd so‘m tushum ta’minlandi.
Viloyat rahbari Bojxona organlarida samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning bir guruhiga viloyat hokimligi faxriy yorliqlari va sovg‘alarini tantanali topshirdi.
To‘kin dasturxon atrofida o‘tgan bayram tadbirida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Jenisbek Piyazov va vohamizning taniqli san’atkorlari o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.