Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasi salqin ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

2017-yilda tashkil etilgan korxonada ayni paytda 28 turdagi sharbat, sok va salqin ichimliklar ishlab chiqarilmoqda. 28 nafar kishining doimiy ish bilan bandligi ta’minlangan.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnani tashkil etadi. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar asosan mahalliy bozorga hamda eksportga yo‘naltirilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasining final bosqichi g'oliblari Termiz shahrida tantanali kutib olindi.

Matematika fani bo'yicha Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib sovrindor bo'lgan 11 nafar Surxondaryolik yoshlarimiz Termiz Xalqaro Aeroportida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari I.Saparov, Termiz shahar hokimi O’.To’rayev hamda bir qator tashkilot va korxona rahbarlari, faol yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

📌 Sovrindorlar bilan tanishing

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasi g'oliblari Termiz shahrida tantanali kutib olinib, taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi.

Termiz shahrida joylashgan "Yoshlar markazi" binosida Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasi final bosqichining
27 nafar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o’rinbosari I.Saparov, Termiz shahar hokimi O’.To’rayev, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev, Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i A.Xurramov hamda bir qator tashkilot va korxona rahbarlari, faol yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda xalqaro olimpiada sovrindorlariga qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi va ularning ota-onalari hamda ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram