Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
37.8K photos
4.91K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Sektor rahbari va mehnat migratsiyasidagi masofaviy yoshlar uchrashuvi.

Termiz shahrida sektor rahbarlari boshchiligida tashkilot rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi, mahalla yetakchilari, keng jamoatchilik faollari ishtirokida tashqi mehnat migratsiyasidagi 72 nafar yoshlar bilan masofaviy video muloqot o’tkazildi.

Muloqot davomida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan shaharlik xorijda yurgan yoshlarimiz o'rtasida o’tkazilgan tanlov g’oliblarining oila a’zolari taqdirlandi.

11 nafar yoshlar takliflar bildirdi. Murojaatlar yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olinadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida FHDYO sohasidagi muhim yangiliklar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari G. Rahmonova, Termiz shahar FHDYO bo‘limi boshlig‘i M. Siddiqova hamda mahallalardagi faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Muloqotda FHDYO sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Tadbirda ishtirokchilar FHDYO xizmatlari va jarayonlaridagi yangiliklarni, huquqiy o‘zgarishlarni va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olishning zamonaviy usullarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni soha mutaxassislariga berdilar hamda to‘liq va aniq javoblar olishdi. Muloqotda ishtirokchilar FHDYO sohasidagi xizmatlarning sifatini yaxshilash va fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Shuningdek, mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda yutubdagi https://youtu.be/WL3IL6Fqmgg?si=UJ84KX2DnesoMvi- sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz amaliy natijalarga boy bo‘lsin!

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram