Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
37.8K photos
4.91K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahrining "Navro‘z" va "Do‘stlik" mahallalarida infratuzilmaning holati, turar va noturar inshootlarning shaharsozlik normalariga mos ravishda qurilishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, obodonlashtirish ishlari hamda bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish holati bilan tanishdi.

Kunlik o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda bugun ko‘zdan kechirilgan mahallalarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, zarur infratuzilmalarni yaratish, mavjudlarini rivojlantirish hamda obodonlashtirish ishlariga qat’iy e’tibor qaratish vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, Termiz shahrida joylashgan "Movaro" qurilish kompaniyasi sotuv ofisi taqdimotlar zalida viloyatda ko‘p qavatli turar joy komplekslarining qurilishi, sifat nazorati hamda aholining uy joyga bo‘lgan talabini qondirish, subsidiyalar ajratish masalalari muhokama qilindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi va turar joylar qurilishi muhokama qilindi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
#халқаро_муносабатлар

⚡️БАА компанияси билан чиқиндидан электр энергияси олиш бўйича шартнома имзоланди

Айни пайтда Бирлашган Араб Амирликларида бўлиб ўтаётган "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги" халқаро саммити доирасида Ўзбекистон ва БАА ўртасида чет эл инвестициялари ҳисобига чиқиндиларни термик қайта ишлаш орқали электр энергияси ишлаб чиқариш лойиҳаларини амалга ошириш бўйича шартномага имзо чекилди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi surxondaryolik tadbirkorlarga 6 yilda 1,2 trln so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ 2018-2024-yillarda Surxondaryo viloyatida tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi haqida axborot berdi. Xususan, ushbu davr davomida 2 627 nafar tadbirkor bilan hamkorlik natijasida 25 022 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Kompaniya bu boradagi ishlarni davom ettirayotgan bo‘lib, tadbirkorlarga quyidagi moliyaviy yordamlarni taklif etadi:

kredit, lizing, bank kafolati, akkredivlar uchun garov yetmaganda 5 mlrd so‘mgacha kafillik;
ulushdorlik asosida 5 mlrd so‘mgacha kapitalga ulush kiritish;
salohiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun 20 mlrd so‘mgacha moliyaviy qarz;
bino va uskunalar olib berishi uchun 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi;
kredit foizining bir qismini qoplash uchun 5,4 foizgacha kompensatsiya;
kredit va lizing ajratish uchun 5 mlrd so‘mgacha resurs;
ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha qismini qayta moliyalashtirish.

Bog‘lanish uchun barcha ma’lumotlar yuqoridagi suratda keltirilgan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda investitsiya masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Ochiqlik va kuchli investitsiya siyosati natijasida iqtisodiyotimiz barqaror o‘sib kelayotgani ta’kidlandi.

Xususan, 2024-yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi, xorijiy investitsiya 1,6 barobar o‘sib, 34,9 milliard dollarni tashkil qildi, qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushdi, eksport ilk bor 27 milliard dollarga chiqdi.

O‘tgan yili 50 ta tumanga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kirib keldi (2023-yilda bunday tumanlar 11 ta edi).

Tog‘-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xo‘jaligida reja 2 karra ortig‘i bilan bajarildi.


Shu bilan birga, yetarli sharoit bo‘la turib, investitsiya rejasi to‘qimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investitsiya "O‘ztransgaz" va "O‘zmetkombinat"da 2 barobar, "O‘zsuvta’minot"da 20 foizga pasaygani ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda o‘zgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirildi.

Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va O‘rmon xo‘jaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilindi.

Umuman, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Sport, Oliy ta’lim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investitsiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Salohiyati yuqori bo‘lgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan o‘tgan yili 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani qayd etildi.

16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Endilikda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi bo‘lishi belgilandi.

Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanadi.

Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezident 2025-yildagi asosiy vazifalarga to‘xtaldi.

O‘tgan yil yakunida hokimlarning hududiy rejalari belgilab olindi. Har bir tuman kesimida bajarilishi lozim bo‘lgan indikatorlar to‘plami ishlab chiqildi.

Jumladan, bu yil 27 ta tuman hokimi investitsiyani 200 million dollardan oshirish rejasini olgan.

Lekin 10 ta tuman hokimining rejasi 40 million dollarga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bular Mirishkor, Ko‘kdala, Boyovut, Bandixon, Uzun, Sherobod, Bekobod, Toshkent, Rishton, Gurlan tumanlari.

Mutasaddilarga ushbu tumanlarga yangi loyihalar paketini shakllantirib, kamida 100 million dollarlik rejani tasdiqlash topshirildi.


Har bir dollar investitsiyaning samaradorligini oshirish hudud va tarmoqlar rahbarlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

So‘nggi yetti yilda kiritilgan 120 milliard dollar investitsiya hisobiga 6 mingdan ortiq korxona ishga tushdi. Tahlillar ko‘rsatishicha, jalb qilingan har 1 ming dollar investitsiya yiliga o‘rtacha 530 dollar qo‘shilgan qiymat yaratmoqda.

Tog‘-kon sanoatida bu ko‘rsatkich 700 dollarga yetgani sababli sohaga Germaniya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlardan investorlar kirib kelishni boshladi.

230 ta tadbirkorning bojxona omborlarida uzoq muddatdan buyon saqlanayotgan 120 million dollarlik uskunalar egalariga yetkazildi. Lekin yana 105 ta tadbirkorning 110 million dollarlik uskunalari omborlarda turibdi.

Mutasaddilarga ushbu uskunalarni egalariga yetkazish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka o‘tkazib, o‘zida yangi-yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Hozir amalga oshirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplash mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025-yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligi tanqid qilindi

Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihani ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama o‘tkazadi.


Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu o‘zini oqlagani ta’kidlandi.

Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi.

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi.

Loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.

Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi.

Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
“Tashabbusli budjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:

1️⃣ moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;

2️⃣ “Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Kattabog‘ va Bog‘ishamol mahallalarida Termiz shahrining bosh rejasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mazkur hududlarda turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarini qurish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Viloyat rahbari har bir loyiha shahar bosh rejasi va aholi ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishi, turar joylar va boshqa obyektlarni aholining demografik o‘sishini hisobga olgan holda barpo etish, avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish orqali tirbandliklarni bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, infratuzilmani yanada rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish topshiriqlari berildi. Mutasaddilarga loyiha takliflarini bir hafta muddatda puxta ishlab chiqib, taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X