Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Al-Hakim at-Termiziy majmuasida yo‘l va yo‘laklar hamda yozgi ayvonchalar rekonstruksiya qilinib, tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
📣 “Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

✔️ Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди.

✔️ “Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

✔️ Тадбир Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси, Миллий гвардия, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда. Бош ҳамкор сифатида “Ўзбекнефтгаз” акциядорлик жамияти иштирок этмоқда.

✔️ Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

✔️ Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

✔️ Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Ойига йигирма миллион сўм даромад (+видео)

Истеъдод, хоҳиш ва интилиш. Ушбу жиҳатларни ўзида мужассам эта олган ҳар қайси ёш, нафақат илмда, заковатда, балки ўз иқтидори орқали бошқа соҳаларда ҳам ютуқларга эришиши муқаррар.

🎥 https://youtu.be/3mS4L9Szbs0

➡️ Батафсил

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
“Сурхон тонги”, 06.01.2025 й. 1-сон.pdf
3.1 MB
💬 “Сурхондарё вилояти ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси: кеча ва бугун”.

🗞 Мақолада Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигининг Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармаси тарихи, ривожланиш босқичлари ҳамда бугунги кундаги фаолияти ҳақида сўз боради.

📰 Мақолани, албатта, ўқиб чиқинг. У ҳамма учун бирдек қизиқарли ва фойдалидир. Мутолаа севимли машғулотингизга айлансин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Surxondaryo viloyatidagi 2 433 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🔷 Oltinsoy tumanidan 115 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 126 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 57 ta (ko'rish)
🔷 Boysun tumanidan 118 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 150 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 404 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo‘rg‘on tumanidan 67 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo‘rg‘on tumanidan 226 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 113 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 275 ta (ko'rish)
🔷Termiz tumanidan 131 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 227 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 133 ta (ko'rish)
🔷Sho‘rchi tumanidan 220 ta (ko'rish)
🔷Termiz shahridan 71 ta (ko'rish)

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📣 Surxondaryo viloyatida 13300 dan ziyod mol-mulklar e-auksion.uz savdolarida sotilmoqda!

🔶 Davlat
aktivlari 66 tа
🔹 Davlat mulki ijarasi 64 ta
🔶 Ko'chmas mulk 330 ta
🔹 Avtotransport 122 ta
🔶 Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 2 594 ta
🔹 Qishloq xo‘jaligiga yuritish uchun
182 ta
🔶 Yer
uchastkalari 6 280 ta
🔹 Ko'chma savdo joylari 2 433 ta
🔶 Maxsus texnika 22 ta
🔹 Bankrot korxona mulklari 19 ta
🔶"O'zagrokimyohimoya" AJ mulklari 1071 ta
🔹 "O`zagroservis" AJ mulklari 106 ta
🔶 Boshqa mulklar 119 ta

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT KASTING!!!

“Ishonch teleradiokompaniyasi” tahliliy fikr yurita oladigan, faol va kreativ yoshlarni hamkorlikkka taklif etadi. Yangi loyihalar, ko’ngilochar dasturlar uchun boshlovchi, muxbirlik hamda operatorlik yo’nalishlarida kelajagingizni barpo etishni istaysizmi?

Mahoratli jurnalistlar tomonidan bepul dars olishingiz mumkin. Saralanganlar 6 oy mobaynida ish o’rganib, eng iqtidorli 5 nafar yoshlar telekanalda qonuniy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.

13-yanvar kuni bo’lib o’tadigan kastingda sizni kutamiz.

Murojaat uchun telefon:
+998 99-377-60-62

Manzil: 📍”Ishonch” TV binosi
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan buyon Surxondaryo viloyatiga kimlar hokim bo‘lgan?

Mustaqillik yillarida viloyatga 14 kishi rahbarlik qilgan. Ular:

▪️ Berdiyev Hakim Eshboyevich
(1991-1993);
▪️ Botir Mahmudov 
(1993-1993);
▪️ Noraliyev Jo‘ra Noraliyevich
(1993-2000);
▪️Olimjonov Baxtiyor Mamajonovich
(2000-2002);
▪️Qodirov Toshmirza O‘roqovich
(2002-2004);
▪️Eshmurodov Abdulhakim Xo‘shboqovich
(2004-2008);
▪️Jo‘rayev Turobjon Ikromovich
(2008-2011);
▪️Choriyev Normo‘min Omonovich
(2011-2013);
▪️Jo‘rayev Eshdavlat Tursunovich
(2013-2014);
▪️Mamaraimov Tojimurod Normurodovich
(2014-2016);
▪️Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich
(2016-2018);
▪️Po‘latov Bahodir Baxtiyorovich
(2018-2019);
▪️Bobolov To‘ra Abdiyevich
(2019-2022);
▫️Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich
(2022 - h.v).

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024 йил ёшлар ҳаётида қандай ўзгаришлар олиб келди? (+видео)

2024 йил – "Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш" йилида кўплаб ёшларимиз катта муваффаққиятларга эришдилар. Жумладан, Ўзбекистон санъат ва маданият институти таянч докторанти, Ёшлар парламенти аъзоси ва яқиндаги ўз тадбиркорлик фаолиятини бошлаган Иродахон Бердиева ҳам мана шундай фаол ва катта натижалар кўрсатган ёшлардандир.

🎥 https://youtu.be/x-aqiYZeMAM

➡️ Батафсил

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
8-yanvar -  O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

1992-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Famoniga asosan Ittifoq qaramog‘idagi O‘zbekiston SSR prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilgan.

2016-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-414-son Qonunga asosan 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

Yurtimizda
qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni olib boruvchi barcha jonkuyar, fidoyi prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, mashaqqatli va sharafli vazifalarini amalga oshirishda kuch-quvvat hamda omad tilaymiz!

Qonunga sadoqat va adolatga intilish faoliyatingizda doimo yordamchi bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz huquq posbonlari!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📢 Diqqat e’lon: Termiz shahridagi 4 ta mahallada tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

🛠 Termiz shahri "Manguzar" mahallasida joylashgan yuqori bosimli RDUK-200 markali gaz taqsimlash shoxobchasida ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo'lib, ayni damda ishlar boshlangan.

🔥Shu munosabat bilan bugun, 8-yanvar kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha Termiz shahrining "Manguzar", "Chegara", "Guliston" va "Mehrobod" mahallalaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

❗️Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta’minot qayta tiklanadi.

🙏 Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.
#Ijtimoiy_karta

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

😲 ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;
😲 ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲 "Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

🖋 "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

💵 Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲 YaIDXP;
😲 "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲 "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲 moliyaviy agentlar.

🤝 Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

⚠️ 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Тақиқланган_манба_ва_материаллар.pdf
2.7 MB
⚡️Ўзбекистонда тақиқланган диний материаллар эълон қилинди (тўлиқ рўйхат)

Олий суд томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) рўйхати эълон қилинди.

2025 йил 8 январь ҳолатига кўра, рўйхатга 1 минг 389 та турли профиль, канал ва материаллар киритилган. Хусусан:

Facebook'да 203 та профиль ва материаллар;
Telegram'да 713 та канал, гуруҳ ва материаллар;
Instagram'да 226 та профиллар;
Youtube'да 135 та канал ва турли видеолар;
Odnoklassniki'да 35 та профиль ва материаллар;
Tik-tok'да 44 та профил;
Интернет'да 13 та сайт ва алоҳида материаллар;
• 20 та турли китоб, маъруза ва нашидалар.

⚠️ Фуқаролардан диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан сақланишни ва улардан йироқ бўлишни сўраймиз.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro'ziqulov Sirojiddin Aktamovich - Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi !

Ro'ziqulov Sirojiddin Aktamovich – 1982-yilda Termiz shahrida tug'ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti bo'yicha mutaxassisligi – tarix fani o’qituvchisi.

Tayinlovga qadar Ro'ziqulov Sirojiddin Aktamovich Termiz shahar 9-maktab direktori vazifasida ishlab kelgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida "Ayollar daftari" ni shakllantirish yuzasidan ishchi guruh tashkil qilindi.

“Ayollar daftari”ga ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ehtiyojmand xotin-qizlar va nogironligi bo’lgan, shuningdek,tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin - qizlar kiritiladi.

Xatlov jarayonlarida "Mahalla yettiligi" tomonidan ishlarni taqsimlash, xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlar muammolarini o'rganish, shtab tashkil etish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xususan Termiz shahridagi "Saxovat","Temir yoʻlchi","Navroʻz","Doʻstlik","Jayxun","Shifokor" mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram