Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
📢 Termizliklar hamda shahrimiz mehmonlari diqqatiga

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan ertaga, 11-yanvar kuni Termiz shahrining asosiy ko‘chalari bo‘ylab viloyatdagi kuch tuzilma bo‘linmalari tomonidan harbiy marshlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, "Iceberg" ko‘ngilochar maskani yonida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

🕚 Harbiy parad marshlari Yoshlar markazi binosi oldidan soat 11:00dan boshlanadi.

⛔️ Shu munosabat bilan 11-yanvar kuni soat 11:00dan 13:00 gacha Barkamol avlod, Islom Karimov va at-Termiziy ko‘chalari kesishmalari bo‘ylab Surxondaryo viloyati hokimligi binosi yonidagi chorrahagacha bo‘lgan yo‘lda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.

❗️Yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarimizga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд вилояти ИИБ катта тезкор ходими 10 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Самарқанд вилояти Ички ишлар бошқармасининг Жиноят қидирув хизмати Жиноят қидирув бошқармаси катта тезкор ходимининг ноқонуний хатти-ҳаракатига чек қўйилди.

Яъни тезкор ходим ўзининг мансабдор танишлари орқали, Самарқанд шаҳар Ички ишлар органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси ҳузуридаги Тергов бўлими иш юритувида бўлган Жиноят Кодексининг 273-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган жиноят ишида айбланувчилар сифатида ўтаётган 1994 й.т. шахсга тегишли қисмини Жиноят-просессуал кодексининг 83-моддасига асосан тугатиш ҳамда 2003 й.т. фуқарога нисбатан эса “уй қамоғи” эҳтиёт чорасини қўллаган ҳолда, уни озодликда қолдириш эвазига 10 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланиб, ҳолат просессуал тартибда расмийлаштирилди.

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 25, 168-моддаси 3-қисми “а” банди ва 28, 211-моддаси 2-қисми “б” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
E'lon

Joriy yil 11-yanvar kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha Termiz shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan 110/10 kV li "Oktava" podstansiyasida ta'mirlash ishlarini bajarish maqsadida "Sahovat", "Turon" mahallalari hududida vaqtincha elektr energiya ta'minotida uzilish bo'lishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali so'raymiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сайхунобод тумани Фавқулодда вазиятлар бўлимининг тезкор бўлинмаси бошлиғи ишга киритиб қўйиш учун 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Сирдарё вилояти Сайхунобод тумани Фавқулодда вазиятлар бўлимининг тезкор бўлинмаси бошлиғи ўзининг мансабдор танишлари орқали, Гулистон шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарони шаҳар фавқулодда вазиятлар бўлимига ишга киритиб қўйиш эвазига 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди.

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
🗞 “Даврий нашрлар — муҳим манба”.

📖 “Шарқ юлдузи” журналида эълон қилинган мақолада Сурхондарё вилоятида босма даврий нашрларнинг вужудга келиши, хусусан, вилоят журналистикасининг тамал тошини қўйган “Сурхон тонги” газетаси тарихи, ривожланиш босқичлари ёритилган.

💬 Мақолани, албатта, ўқиб чиқинг. У ҳамма учун бирдек қизиқарли ва фойдалидир. Мутолаа севимли машғулотингизга айлансин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bugun Termiz shahrining asosiy ko‘chalari bo‘ylab viloyatdagi kuch tuzilma bo‘linmalari tomonidan harbiy marshlar o‘tkazildi.

Shuningdek, "Iceberg" ko‘ngilochar maskani yonida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etildi.

Ushbu harbiy marshlar va namoyishlarda shahar aholisi katta qiziqishlar bilan, vatanparvarlik ruhida ishtirok etdilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram