Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi avvalida Termiz shahridagi "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori hududida "Surxoncha sifat va arzonlashtirilgan mahsulotlar" savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat rahbari mutasaddilar bilan yarmarkada mahsulotlarning yetarliligi, arzon narxlarda sotilishi hamda mavjud zaxiralar bilan tanishdi. Bayramda dasturxonlar to‘kin bo‘lishi uchun arzonlashtirilgan yarmarkalarda faqatgina asosiy turdagi emas, aholining ehtiyoji, talabini qondirish uchun barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga kunlik ehtiyojdan kelib chiqib, yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarining savdoga chiqarilishini ta’minlash, narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, zaxiralarni saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda talabni inobatga olib to‘ldirib borish vazifasi topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Termizda Yangi yil bayrami shukuhi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Surxondaryolik 100 nafar yoshlar o‘n kun davomida "Termiz umumqo‘shin" dala poligonida tashkil etilgan "Jasorat maktabi" loyihasida ishtirok etishdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga o‘qitish hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan yig‘in doirasida motivatsion treninglar, kasb-hunar sirlari, biznes saboqlari va tadbirkorlik ko‘nikmalari malakali mutaxassislar tomonidan o‘rgatildi.

Shu bilan birgalikda, psixologik mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, saf, jangovar tayyorgarlik hamda diqqatga sazovor joylarga sayohatlar amalga oshirildi.

Yoshlar va ularning ota-onalari, harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘inning yopilish marosimida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar Janubiy operativ qo‘mondonligi hamda hamkor tashkilotlarning faxriy yorliq va sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Termiz shahrida “Hududlarda mahalla xotin-qizlar faollarining mahalla instituti faoliyatiga doir bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi” yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha onlayn o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida joylashgan “Shimoliy darvoza” guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan keluvchi diametri 600 mm bo’lgan suv quvurida favqulodda avariya holati haqida xabar berilgan edi.

Ta'mirlash ishlari ko‘p vaqt talab qilayotganligi sababli ertaga ham davom ettiriladi. Shu munosabat bilan ertaga, 22-dekabr kuni soat 17:00 ga qadar quyidagi mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

Do‘stlik;
Saxovat;
Turon;
Navro‘z;
Tinchlik;
Shodlik;
Shifokor;
Ma'rifat;
Abdurahmon Jomiy mahallalari.


Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

"Surxondaryo suv ta'minoti" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr
so‘ragan holda, ta’mirlash ishlari yakunlangandan ta’minot qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram