Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida hamda Termiz shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari faoliyati bilan tanishdi.

Yangi yil bayrami oldidan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, dasturxonlar to‘kin-sochinligi uchun narxlarning arzon bo‘lishini ta’minlash maqsadida yarmarkalar faoliyatini qat’iy nazorat qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mas’ullarga yarmarkalarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga bayram uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning ham uzluksiz sotilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Mustaqillik" maydonida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘ngilochar maskanlar hamda konsert dasturlari tashkil etish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, "Zoom" platformasi orqali hududlarda asosiy bayram archalari o‘rnatilishi, maydonlarning bayramona bezatilishi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Viloyat rahbari tayyorgarlik ishlarini yakunlash hamda ertadan boshlab barcha hududlarda, jumladan, viloyatning asosiy bayram archasi o‘rnatilgan "Mustaqillik" maydonida konsert dasturlari, turli ko‘ngilochar tadbirlarni boshlash topshirig‘ini berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | O`quvchi yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallash imkoniyatlari oshmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📢 Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi

🚰 Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 300 mm o‘lchamdagi quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

📍 Shu sababli ta’mirlash va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 21-dekabr kuni soat 11:00 dan 20:00ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Do‘stlik;
Saxovat;
Turon;
Navro‘z;
Tinchlik;
Shodlik;
Shifokor;
Ma'rifat;
"Abdurahmon Jomiy" mahallalari.

❗️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» AJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram