Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.4K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
#18_noyabr

Bugun Termiz shahrida o’tkazilgan bayram tadbiridan fotoreportaj

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
😍1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahri, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida qurilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Jumladan:
🔝 Termiz shahrida viloyat Bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish, obyektni foydalanishga topshirish yuzasidan vazifalar topshirildi;

🔝 Angor va Sherobod tumanlari hududida, M39 avtomobil yo‘li yoqasida kuzgi daraxt ekish jarayonlari o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan loyihaning joriy mavsumdagi ko‘chat ekish ishlari haqida axborot berdi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida:
🔝 “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar va boshqa obyektlar qurilish jarayonlari o‘rganildi;
🔝 “Surxon-500” podstansiyasidagi ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi;
🔝 Neftchilar mahallasida harbiy xizmatchilar uchun 120 xonadonli turar joylar qurilish-montaj ishlari jarayonlari bilan tanishildi.

Termiz shahridagi infratuzilma tadbirlari:
🔝 “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ viloyat filiali binosida tashkil etilgan kuz-qish mavsumi shtabi faoliyati o‘rganildi;
🔝 “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining zaxira omborxonasi va sohadagi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida mutasaddilar viloyat rahbariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar yuzasidan hisobot berib, yangi takliflarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari har bir yo‘nalish va soha rahbariga ishlarni sifatli bajarish, kuz-qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X