Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.4K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Tinch, ozod va obod hayotimiz ramzi sharaflandi

Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi.

Erta tongdan viloyatning asosiy bayram tadbiri boshlangan Termiz shahridagi “Bolajon bog‘i” hududi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar, jamoatchilik faollari bilan gavjum bo‘ldi. Ular bu yerdan Yoshlar markazi binosigacha uzunligi 30 metrli bayroqni olib yurish marshida ishtirok etdi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/658381

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Termiz shahrining ishlab chiqilayotgan bosh rejasi va unga asosan hududlarda ko‘p qavatli turar joylar loyiha takliflari taqdimoti bilan tanishdi.

Loyihalar qurilish sohasi mutasaddilari hamda quruvchi kompaniyalar vakillari tomonidan tanishtirilib, har bir loyihaning qiymati, situatsion rejasi hamda tanlangan hudud haqida axborot berildi. Viloyat rahbari bosh rejani ishlab chiqish ishlarini jadallashtirish, taklif etilayotgan loyihalaning texnik-iqtisodiy va hududiy yechimlari asoslarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, universitet majlislar zalida bugun hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, qurilish sohasidagi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari aholi murojaatlariga asosan Farovon massivida joylashgan ko‘p qavatli turar joylardagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Fuqarolar tomonidan xonadonlari topshirilmayotganligi, olingan ayrim ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘lasida suv yig‘ilib qolganligi yuzasidan murojaat qilingan.

Viloyat rahbari aholi bilan muloqot qilib, turar joylar qurilishini amalga oshirgan qurilish kompaniyalari mutasaddilaridan har bir masalaga izoh so‘radi. Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, topshirilmagan turar joylarning qurilishini yakunlab o‘z egalariga topshirish, hududdagi BSK faoliyatini jonlantirish yuzasidan topshiriqlarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍41
🇺🇿 Fotoreportaj | Bayrog’imiz - milliy g’ururimiz!

Lavhalar Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan olingan


Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2👏1
🇺🇿 Fotoreportaj | Bayrog’imiz - milliy g’ururimiz!

Lavhalar Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan olingan


Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
2👍2