Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarining institut bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, “qizil” toifadagi yoshlarni mas’ullarga biriktirish va ular bilan amalga oshiriladigan kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Termiz tumanidagi “Asadbek Davlatov” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan maydonida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yoshlarga yer ajratish marosimi o‘tkazildi hamda onlayn shaklda tumanlar studiyalari orqali har bir hududdan 100 nafardan yoshga yer maydonlari ajratib berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2128

#Surxondaryo #Muhandislikinstitut #Korxonalar #hamkorlik #yoshlargayer

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, korxonalar hamda taqdimotlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahridagi “Tinchlik”, Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ishlab chiqarish korxonalari, yangi bog‘ tashkil etish va yo‘l rekonstruksiyasi loyihalari taqdimoti bilan tanishildi hamda Jarqo‘rg‘onda gips ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida ishtirok etildi.

Shuningdek, viloyatda eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilinib, sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2254

#Surxondaryo #investitsiya #loyihalar #taqdimot #Sanoatzona #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X