Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda oila va xotin-qizlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahridagi qator qurilish obyektlarida bo‘ldi.

Xususan, Termiz shahri hududida “Yusufbek Surxon Baraka” OK tomonidan qurilayotgan 40 o‘rinli, “JAVOHIRBEK SURXON QURILISH” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan 100 o‘rinli hamda “TOShKENT TERMIZ HAMKOR” MChJ tomonidan qurilayotgan 200 o‘rinli mehmonxona qurilishi hamda hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy kiyimlar, zardo‘zlik mahsulotlari va Surxoncha do‘ppilar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.

Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda “Namunali madaniyat markazlari”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2209

#Surxondaryo #Termiz #mehmonxona #hunarmandchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X