Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Termiz shahar "Chegara" mahallasida istiqomat  qilib  kelayotgan 27 nafar keksa nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, nogironligi bo'lgan fuqarolar Samarqand viloyatiga sayohatga olib ketildi va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdilar. Nuroniylar ushbu uluģ joylarda duoga qo‘l ochib, go‘zal tinch diyorda yashayotganligiga shukronalik keltirishdilar va ko‘tarinki kayfiyatda dam oldilar. Ushbu sayohat va ziyorat barchada katta taassurot qoldirdi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga
ulanish: https://t.me/termizshh
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

Jonajon vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimida yotgan fuqarolar holidan xabar olinib, sovg'a-salomlar ulashildi.

Termiz shahar hokimi o'rinbosari M.Tog'ayeva, qolaversa hokimlik mutassadi xodimlari so'zlashar ekan tadbir ishtirokchilarini istiqlol bayrami bilan samimiy tabrikladi. Uchrashuv barchaga quvonch bag'ishlab, ko'tarinki bayramona kayfiyatga sabab bo'ldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов бугун Термиз шаҳри, Термиз, Ангор ва Музработ туманларида бўлиб, ободонлаштириш, йўл бўйи ҳудудларни тозалаш, кўкаламзорлаштириш ишларининг бориши билан танишди.

Ҳудудларда пахта йиғим-терими жараёнлари ва теримчилар учун далаларда яратилган шароитларни кўздан кечирди ҳамда фаол ва илғор теримчиларни рағбатлантириш мақсадида эсдалик совғаларини топширди.

Шунингдек, Музработ туманида “Амирқул бобо” фермер хўжалигининг сутни қайта ишлаш цехини модернизация қилиш бўйича лойиҳа тақдимоти билан танишилиб, тадбиркорга лойиҳани такомиллаштириш, замонавий жиҳозлар билан модернизация қилиш юзасидан тавсиялар берилди. Масъулларга тадбиркорга кўмак кўрсатиб, мавжуд муаммоларини ҳал этиш бўйича вазифалар юкланди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter