🟡Termiz shahrining oltita mahallasida dastur ijrosi oʻrganildi
⏺Davlat rahbarining topshirigʻa asosan Termiz shahridagi
37 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ishlab chiqilgan dastur ijrosi yuzasidan bugun
oltita mahallada oʻrganish oʻtkazildi. Jumladan, shaharning
“Bogʻzor”, “Maʼrifat”, “Majnuntol”, “Shodlik”, “Shifokor” va “Bogʻishamol” mahallalarida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari koʻzdan kechirildi.
⏺Mahallalarda koʻchalar boʻylab yurilib, ichki yoʻllarning ahvoli yaxshi emasligi, tozalik ishlarining qoniqarsizligi tanqid qilindi. Koʻp qavatli turar joylarni taʼmirlash, atrofini tartibga keltirish, boʻsh maydonlarda yashil hududlar yaratish, yoʻllarni taʼmirlash va yoʻlaklar barpo etish, bolalar maydonchalarini zamonaviy koʻrinishga keltirish kabi dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini taʼminlash, infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar belgilab berildi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅ Telegram |
📹YouTube |
✅Facebook|
🌐 Web-site