Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Xollozovning Termiz shahar “Mehrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab deputat tomonidan mahalladagi muammolar o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Mehrobod” MFY da amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyati tahlil qilindi.

Shundan so‘ng saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚“Siyosiy ma’rifat soati”

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/lfmSi24weI8 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟Туризм қўмитаси 19-21 июнь кунлари Тошкентда ўтказилаётган "Eco Expo Central Asia" халқаро кўргазмасида экотуризмга бағишланган стендни намойиш этмоқда.

🌟Кўргазманинг барча кунлари давомида стендда экотуризм соҳасидаги мутахассислар иштирокида маърузалар, тақдимотлар ва муҳокамалар ўтказилади.

🌟Барқарор туризмнинг энг яхши амалиётлари, яшил сармояларнинг сайёҳлик тармоғига таъсири, шунингдек, янги йўналишларни шакллантиришда табиий ва маданий мероснинг ўрни муҳокама қилинади.

🌟Бундан ташқари, меҳмонхоналар, дам олиш масканлари ва сайёҳлик обектлари учун стартаплар ҳамда энергия тежамкор ечимлар намойиш этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Termiz shahar hokimligi apparati xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish bo‘limi mudiri Eshimov Shahzod Shuhrat o‘g‘li tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berildi.

Seminar jarayonida maxsus taqdimot slaydlari orqali mavzu keng yoritilib, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonligi oshirildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — davlat xizmatida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Seminar yakunida ishtirokchilarga metodik tavsiyalar taqdim etilib, ochiq muloqot doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilindi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Ислом цивилизацияси маркази экспозицияси учун Имом Бухорий ҳақида 8 та фильм яратилмоқда

ЎзИЦМ экспозицияси учун машҳур муҳаддис — Имом Бухорий ҳаёти ва ижодига бағишланган 8 та ҳужжатли фильмнинг тасвирга олиш ишлари якунига етди.

Съёмка жараёнлари Туркия ҳамда Ўзбекистон ҳудудида бўлиб ўтди. Айни пайтда монтаж ҳамда дубляж ишлари давом этмоқда.

🎥 Батафсил видеода

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, mahalla xodimlari va aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi 18 ta masala ko’rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi davomida har bir bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan masʼullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan javob berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram