Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣NNTLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: PF–124-SONLI FARMON IJROSI DOIRASIDA MUHIM QADAM

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni oshirish va davlat hamda jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot maydonini kengaytirish maqsadida, Prezidentning 2024-yil 12-dekabrdagi PF–124-sonli “Fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Termiz shahrida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimligi vakillari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi a’zolari, Adliya bo‘limi, OAV vakillari, faol fuqarolar hamda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan NNTlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida Farmon mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy vazifalar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, grant ajratish tizimlari, davlat organlari va NNT o‘rtasida ochiqlik va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda NNT vakillari o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Davlat organlari bilan bevosita muloqotda bo‘lish, o‘z tashabbuslarini ilgari surish va mavjud huquqiy asoslardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqot yakunida Farmon ijrosini samarali ta’minlashda nodavlat sektorning faol ishtirokini rag‘batlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

💬Ochiq va samimiy muloqot fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar || Aholi murojaatlari yechim topmoqda

Aholining turmush farovonligini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi ochiq qabul o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Qahramon Xolmatov boshchiligida fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Har bir murojaat joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar rahbarlariga muammolarni tezkor hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Qayd etish kerakki, bunday qabullar orqali fuqarolarning davlat idoralari bilan bevosita muloqotga kirishish imkoniyati kengaymoqda, eng asosiysi esa, ularning dardiga quloq tutilmoqda va amaliy natijalarga erishilmoqda.

Prezident Xalq qabulxonalari tizimi orqali xalq va davlat o‘rtasida samarali ko‘prik barpo etilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilmoqda.

📞 Aholimiz Xalq qabulxonasiga istalgan vaqtda murojaat etishlari, o‘z muammolari va takliflarini bayon qilishlari mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi  “Surxon sport arena”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan sport tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun — kurash sport turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tumanning 4 ta sektoridan saralab olingan yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar
orasida sog‘lom raqobat va sportga bo‘lgan katta qiziqish kuzatildi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.

Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o‘rtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshlig‘i ham bor.

Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.

Masalan, Qumqo‘rg‘on markazidagi temir yo‘lida har kuni 20 marta yopiladigan “shlagbaum” 200 metr nariga ko‘chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yo‘qoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati bor. “O‘zbekiston temir yo‘llari”dan ruxsat olish kerak.

Yoki, “Termiz-Sariosiyo” temir yo‘lining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda borayapti. Shu bois, ko‘pchilik avtomobilda harakatlanmoqda.

Tuman hokimlari va aholi takliflarini eshitib, bu yo‘nalishni oxirigacha elektrga o‘tkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz bog‘lash mumkin, lekin transport vaziri I.Mahkamov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Z.Narzullayev bunga loqaydligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryolik yoshlar “Shijoat va g‘ayrat” musobaqasining viloyat bosqichida bellashdi

Qayd etish joizki, ushbu musobaqa joriy yildan boshlab yurtimiz yoshlarining harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlab, ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirib bormoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM