Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
June 16
June 16
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

"Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?",

- dedi davlatimiz rahbari.

Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi.

Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.

Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.

Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larni faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.

Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
June 16
Xalq qabulxonalari tizimi ham aholi dardini eshitib, masalalarni hal qilish o‘rniga murojaatlarni davlat tashkilotlariga taqsimlovchi “dispetcher”ga aylanib qoldi”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, o‘tgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan.

Murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, ta’lim, ekologiya sohalariga to‘g‘ri keladi. Mingga yaqin murojaatlarda Prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan.

“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!

- dedi Prezident.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi.

“Hokimlar bir narsani tushunib olsin, bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan shu yerning o‘zida hal qiladi”,

- dedi Prezident.

Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qilish uchun qo‘shimcha resurs ham beriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
June 16
Meva-sabzavot yetishtirish, saqlash, qayta ishlashga zamonaviy agrotexnologiya olib kirish, eksportni ko‘paytirish uchun 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, 300 milliard so‘m berilgan. Banklar ham ularga 10 million dollardan resurs ajratishni boshladi.

Lekin bu tumanlarning 5 tasida meva-sabzavot eksporti ko‘payish o‘rniga, o‘tgan yilgidan kamaygan. Barcha masalalar resurs bilan hal qilib berilgan bo‘lsa, “Agrostar” kompaniyalari qachon natija berishni boshlaydi, deya savol qo‘ydi Prezidentimiz.

Hokimlardan oziq-ovqat va eksportni ko‘paytirish talab qilinmoqda. Lekin tumanlar hududining katta qismini tashkil qiladigan o‘rmon va yaylov yerlari respublika tashkilotlariga berilgan. Tuman hokimining vakolati bo‘lmagani uchun daraxt bilan qoplanmagan o‘rmon hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtira olmaydi.

Umuman, oziq-ovqatni ko‘paytirishda eng katta zaxira bo‘lgan 16 million gektar yaylov va 12 million gektar o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

“Shuncha resurs bilan go‘shtga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, eksportga ham chiqsak bo‘ladi-ku!”

– dedi davlatimiz rahbari.

Bosh vazirga bu masalani nazoratga olib, bir oyda o‘rmon va yaylov yerlarining qanchasini aholiga oziq-ovqat, ozuqa uchun bo‘lib berishini hisob-kitob qilish hamda yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Shuningdek, yaylov va o‘rmon yerlarini olayotgan fermer va chorvadorlarning aylanma mablag‘ini ham hal qilib berish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
June 16
Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ham chiqmadi.

Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

“Bu 1 so‘m soliq yig‘ish uchun 2 so‘m resurs sarflash bilan barobar emasmi?

Aslida, Soliq qo‘mitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq to‘lash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarni o‘zi to‘lab qo‘yadiku!

Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshadi”,

- dedi Prezident.

Mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
Mamlakatimizdagi 1 ming 24 ta mahalla “og‘ir” toifada, yana 1 ming 294 tasida jinoyatchilik, 1,5 mingida ajrimlar soni ko‘paygan. Eng ko‘p “og‘ir” mahallalar Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.

Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

Mahallalar uyushmasi mahalla raislari va “yettalik”ni yangicha ishlashga o‘rgatishi zarurligi qayd etildi. Umuman, mahalla tizimida ancha masala yig‘ilib qolgani, saylov yakunlanganidan keyin ular alohida muhokama qilinishi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi.

Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75–80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti. Ayniqsa, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi. Aholining yana bir e’tirozi – yo‘llardagi kameralar dislokatsiyasi.

Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi. Chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni “aql­li” boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi.

Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
Toshkent shahri va viloyat markazlarida birorta hokim bo‘sh joylarni topib, yashil hudud, odamlar toza havoga chiqib o‘tiradigan joylar, sport maydonchalari, fontanlarni ko‘paytirishni o‘ylamayotgani tanqid qilindi.

Bor sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlari, uylar orasidagi yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganidan odamlar norozi.

Misol uchun, barcha ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirib berish bo‘yicha topshiriq berilgan. Lekin, Toshkent shahri hokimining 5-maydagi qarori bilan 9 ming 802 ta ko‘p qavatli uylarning faqatgina bino ostidagi yerlari kadastr bilan biriktirilgan.

"Maqsadi bitta – qolgan yerlarni qurilish qilish uchun tadbirkorlarga sotish! Qani topshiriq nazorati? Qani qonunning kuchi?"

– ded
i Prezident.

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga "O‘zbekkosmos" va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda "yashil" hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan bo‘lsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.

Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga berish bo‘yicha hokimlarning qarorlarini o‘rganib, qonunga zidlarini bekor qilish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
June 16
June 16
Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablag‘lar manbasi ko‘paytiriladi. Masalan, ma’muriy va moliyaviy jarimalar, soliq tekshiruvlari bo‘yicha penya, toifasi o‘zgargan qishloq yerlari uchun nobudgarchilik kompensatsiyasi, o‘rmon yerlari hududlarini ijara tushumlari, ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan tushgan mablag‘larning bir qismi tumanda qoladi.

Bundan tumanga yiliga qo‘shimcha 12 milliard so‘m tushadi.

Endilikda hokimda 4 nafar o‘rinbosar bo‘ladi. Rivojlanish rejasiga qarab, qaysi masalada o‘rinbosari bo‘lishini hokimning o‘zi belgilaydi.

Misol uchun, Sirdaryo tumani hokimi kelgusi uch yilda turizm, servis va logistikani tumanni asosiy drayveri sifatida ko‘rayapti. Shu bois, uning iqtisodiyot bo‘yicha 1-o‘rinbosari bir vaqtni o‘zida turizm, servis va logistikaga mas’ul bo‘ladi. Unga 10 ta aniq vazifa yuklatilib, har bir vazifa va funksiyasi mablag‘i bilan mustahkamlanadi.

Xuddi shunday, hokim va qolgan 3 nafar o‘rinbosariga ham aniq vazifalar moliyaviy ta’minoti bilan belgilab beriladi.

Hokim, uning o‘rinbosarlari KPIni to‘liq bajarsa, keyingi yil hududga beriladigan mablag‘ 10-15 foiz ko‘paytiriladi. Aksincha bo‘lsa, mablag‘ oshirilmaydi va mas’ul rahbar ishdan ketadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

“Islohotlar shtabi” uch oyda tumaning 38 ta mahallasi kesimida loyiha, infratuzilma, moliyaviy manba, kadrlar masalasini qamrab olgan uch yillik dastur tayyorlaydi. Kelgusi yil uchun byudjet, infratuzilma, ishlab chiqarish, xizmat, investitsiya va bandlik dasturlari shu asosda tasdiqlanadi.

Natijasiga qarab, bu yangi tajriba kelasi yildan butun respublikada yo‘lga qo‘yiladi. Yana bir muhim yangilik – ishchan va jozibador muhit yaratish uchun 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi.

Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan “g‘alvirni suvdan ko‘tarib”, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman”,

– dedi davlatimiz rahbari ma’ruzasi yakunida.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16
🗣Shahar yoshlari, gala konsertga marhamat!

“Yoshlar oyligi” doirasida viloyat gala konserti Surxondaryo viloyati Termiz shahrining “Mustaqillik” maydonida bo‘lib o‘tadi!

Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturi barcha surxondaryoliklarni xushnud etishi shubhasiz.

📅Sana: 17-iyun
🕖Vaqt: soat 19:00
📍 Joy: “Mustaqillik” maydoni, Termiz shahri

💯 Kirish mutlaqo bepul!

🚧 E’tibor bering! Gala konsert munosabati bilan 17-iyun kuni soat 12:00 dan 00:00 gacha “Mustaqillik” maydoni atrofidagi yo‘llar (“Hakim at-Termiziy ko‘chasi) vaqtincha yopiladi. Fuqarolardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Gala konsertda sizni ko‘plab kutilmagan syurprizlar, yorqin chiqishlar va unutilmas onlar kutmoqda. Shoshiling, bayram kayfiyatini birgalikda baham ko‘raylik!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 16
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p qavatli turar joy massivlarini barpo etishga doir yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur yo‘nalishdagi loyihalarning ijrosi bilan tanishdi. Xususan, Termiz tumanida "Termiz" xalqaro aeroporti va Al-Hakim at-Termiziy majmuasini o‘zaro bog‘lovchi yangi yo‘l qurilishi, shuningdek, Angor tumanida 120 o‘rinli bog‘cha, 240 o‘rinli maktab va 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi o‘rganildi.

Tashrif davomida loyihalar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Qurilish ishlarida kuzatilayotgan kamchiliklar va kechikishlar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shu bilan birga, Termiz va Angor tumanlaridagi "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha binolari, tadbirkorlik obyektlari va boshqa loyihalar qurilishi, ularda foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati o‘rganilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
June 16