Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
"O‘zbekiston — Vatanim manim": millatlararo totuvlik va umummilliy birlik timsoli

Termiz davlat universiteti talabalari tashabbusi bilan viloyat markazidagi "San’at saroyi"da "O‘zbekiston — Vatanim manim" shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari nuroniylar vohadagi ilmiy doira vakillari viloyatimizda faoliyat yuritayotgan barcha milliy madaniy markazlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Rektorimiz A.Toshqulov davlatimiz rahbarining xalqaro maydonda ham turli millat va elatlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish borasidagi tashabbuslari-yu erishilayotgan olamshumul voqeliklar xususida to‘xtalib, yurtimizda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat vakillarini bir maqsad sari jipslashtirishda bu tadbirning ahamiyatini ta’kidladi.

Badiiy dastur davomida 30 ga yaqin millat va elatlarning milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari ijro etildi. Bu tom ma’noda O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va ahillik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, madaniy merosga ehtirom ruhidagi yuksak siyosiy ong va fuqarolik mas’uliyatining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍4
Termiz shahrida bahorgi obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida e’lon qilingan hashar tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda olib borilgan ishlar samarasi sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Tadbir videokonferensa shaklida o‘tkazildi va viloyatimizdagi barcha shahar, tumanlarda amalga oshiriladigan ishlar reja qilindi.

Obodonlashtirish ishlari doirasida gul ko‘chatlari ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda ko‘chalar va mahallalarni ozoda holga keltirish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Barcha hamshaharlarimizni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga hamda yashash hududlarimiz, mahallalar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va xiyobonlarning obodligi va ozodaligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishga chorlaymiz.


Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍91🔥1