Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun 9-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
O‘zbekiston – Amir Temur tavallud topgan kun.
Eron – Milliy yadro texnologiyalari kuni.
Filippin – Jasorat kuni.

#muhim_voqealar
1667 – Parijda dunyoda birinchi xalqaro koʻrgazma ochildi.
1782 – Parijda Fransiyadagi eng yirik teatrlardan biri “Odeon” ochildi.
1992 – Samarqand viloyati Toyloq tumani tashkil qilingan.
1993 – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlandi.

#tavalludlar
1336 – Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul – yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
1821 – Sharl-Pyer Bodler – fransuz shoiri va tanqidchisi, fransuz va jahon adabiyotining klassik namoyondasi.
1944 – Shayx Abdulaziz Mansur – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari, Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi.
1972 – Albina Janabayeva – rossiyalik qo‘shiqchi, aktrisa va teleboshlovchi.
1990 – Kristen Styuart – amerikalik kinoaktrisa.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📢 Termiz shahri fuqarolari va mehmonlari diqqatiga!

Xabar berganimizdek, shahrimizda Surxondaryo tajribasi misolida “Yoshlar va talabalar” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 9-aprel kuni soat 10:00 dan 23:00 gacha Termiz shahrining “At-Termiziy ko‘chasi”ning IIB chorrahasidan viloyat hokimligi binosigacha bo‘lgan qismi hamda "Dilnavo" ko‘chasining "Muzsaroy" avtoturargohidan viloyat hokimligi binosigacha bo‘lgan yo‘l qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

❗️Mazkur hududda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🏠Siz koʻp qavatli uyda turasizmi?

⁉️ Baʼzida boshqaruv servis kompaniyalariga nega pul toʻlaymiz?" deb oʻylab qolasiz, toʻgʻrimi?

📹 Ushbu videorolik orqali mazkur savollarga qisman javob topishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar va talabalar festivali” Surxondaryoda ham o’zgacha shukuhda o’tkazilmoqda. Minglab yoshlarni bir nuqtaga jamlagan festivalda Arxeologiya muzeyiga ham sayohat uyushtirildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar va talabalar” festivali doirasida “Kitobxon talaba” tanlovi ham o’tkazildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhtasham San’at saroyi binosida o’tkazilayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi jarayonlari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Prezidentimizning olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish yuzasidan belgilab bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida sport turlari bo‘yicha federatsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini o‘rgandi.

Tashrif doirasida Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidagi "Badminton", "Surxon arena" sport majmuasidagi "Gimnastika", "Og‘ir atletika" hamda "Gandbol" (qo‘l to‘pi) federatsiyalari viloyat bo‘limlari faoliyati o‘rganildi. Amaldagi ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va yechimlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yosh sportchilarni xalqaro miqyosidagi musobaqalar, jumladan, olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash, sport infratuzilmasini takomillashtirish hamda sport turlarini ommalashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Turizm qo‘mitasi hokimliklar bilan birgalikda 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish bo‘yicha katta dastur tasdiqlaydi.

Masalan, Sariosiyo tumani hududining asosiy qismi tog‘lardan iborat bo‘lib, qishki turizm uchun katta salohiyat mavjud. Bu yerda dor yo‘li, mehmonxona va savdo-servis xizmatlari sohasida 200 million dollarlik loyihalar qilsa bo‘ladi.

Yana bir misol, Chortoq o‘zining shifobaxsh suvlari bilan mashhur bo‘lsa-da, tuman hokimi yangi loyiha qilish uyoqda tursin, bor sanatoriyalarga ham xorijiy sayyoh olib kela olmayapti.

Yoki, Mo‘ynoqda har yili o‘tadigan "Stixiya" musiqa festivaliga kelgan sayyohlarni ko‘proq olib qolish uchun yangi tashabbuslar kerak.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 36 ta tuman va shahar bo‘yicha master rejalar ishlab chiqishni tezlatib, loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Xorijiy turistlar sonini oshirish masalasi ko‘rib chiqilar ekan, "BBC", "Euronews" kabi nufuzli platformalarda, yana 20 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda turizm keng targ‘ibot qilinayotgani ta’kidlandi.

Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targ‘ibot ishlarini faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo bo‘ldi.

Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy "Airbus" samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, "Boeing" kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib kelish bo‘yicha muzokara boshlandi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, qayerga nechta reys qo‘yish va qancha sayyoh olib kelishni hozirdan hisob-kitob qilish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X