Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.87K subscribers
38.4K photos
4.99K videos
73 files
12.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣YANGI O‘ZBEKISTON TARIXIDAGI OLAMSHUMUL VOQEA!

YUNESKO Bosh Assambleyasi sessiyalari o‘tgan 40 yildan ortiq vaqt davomida faqat Parij shahrida o‘tkazib kelingan. Faqatgina 1985-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan. 

Bosh Assambleyaning 43-sessiyasi bu yil ilk bor Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Bu o‘zbek diplomatiyasining muhim g‘alabasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga berilgan yuksak bahodir!

YUNESKO BMTning ixtisoslashgan muassasalaridan biri bo‘lib, uning asl maqsadi a’zo mamlakatlarda ta’lim, fan, madaniyat va axborot-kommunikatsiya sohalarini rivojlantirishdan iborat. Bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan.

YUNESKO norasmiy ravishda "BMTning aql laboratoriyasi" deb ataladi. Ulug‘ hind mutafakkiri va davlat arbobi Javoharlal Neru o‘z vaqtida YUNESKOga "insoniyatning vijdoni" deb ta’rif bergan edi.


🗣 Oliy anjumanning O‘zbekistonda o‘tkazilishining tarixiy ahamiyati:

● Tashkilotga a’zo 194 ta davlatning nufuzli delegatsiyalari bilan birga YUNESKO rahbariyati ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi;
● u YUNESKO tashkil topganining 80-yillik yubileyi bilan hamohang tarzda o‘tkaziladi. Shu asnoda tuzilmaning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati sarhisob qilinib, istiqboldagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi;
● tashkilot yangi Bosh direktorining aynan Samarqand shahrida saylanishi bo‘lajak anjumanning nufuzini yanada oshiradi;
● O‘zbekistonning madaniy-tarixiy, ilmiy-ma’rifiy, turistik imkoniyatlari, dunyo tamadduniga qo‘shgan olamshumul hissasi dunyo hamjamiyatiga yana bir bor namoyish etiladi.

❗️Mamlakatimizning YUNESKO Bosh Assambleyasi 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi, hech shubhasiz, O‘zbekiston uchun katta ishonch, ayni paytda mas’uliyat hamdir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🗣Ovoz berish bosqichi boshlanishiga 1 kun qoldi..

Bugun, 10-mart soat 23:59 da saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlanadi. Mazkur jarayon 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etishda faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Jamiyatimizni korrupsiyadan birgalikda xalos etaylik!

👮‍♂️Bosh prokuraturaning "1161" raqamli “Ishonch telefoni” yoki @bpantikoruz_bot telegram boti orqali ma’lum qiling.

📶Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi, unga qonuniy munosabat bildiriladi.

Sizning xavfsizligingiz esa to‘liq kafolatlanadi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Уй-жой, коммунал тизимида Хитой тажрибаси қўлланилади. Оббо, яна Хитойми деманг! Аввал, ўқинг!

Бугун Ўзбекистонда 1,4 миллиондан ортиқ хонадондан иборат 42 минг 72 та кўп квартирали уйлар мавжуд. Уйларнинг 38 минг 689 тасига 821 та бошқарув ташкилотлари, 849 тасига 157 та ширкат, 676 тасига бевосита мулкдорлар ҳамда 1 минг 405 тасига идора ва ташкилотлар томонидан хизмат кўрсатилмоқда.

Яқинда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири ўринбосари бошчилигидаги делегация Хитойда бўлиб қайтибди.

Қайд этилишича, Пекинда компаниялар аҳолининг кўп қаватли уйларда қулай яшаш шароитини таъминлаш учун барча чораларни кўрар экан. Хусусан, уйларни иссиқлик билан таъминлаш, ҳолатини зарур талаблар асосида сақлаш, ертўлада жойлашган сув насослари, шунингдек, лифт қурилмаларига техник хизмат кўрсатиш, уйларга туташ ва ободонлаштириш объектларини тозалаш ҳамда кўкаламзорлаштириш, шу билан бирга, 40 дан ортиқ сервис хизматлар кўрсатиб келади.

Шенчжен шаҳри дунё миқёсида шаҳарсозликни ривожлантириш йўналишида етакчи шаҳарлардан бири ҳисобланади.

❗️Ажаб эмас, Хитой тажрибаси жорий этилса, биздаги аксарият бошқарув компаниялари фаолиятида ҳам ижобий ўзгаришлар бўлиб қолса!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Turar joylar va loyihalar qurilishi bilan tanishildi hamda yangi vazifalar belgilab berildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:

📍Jarqo‘rg‘on tumani – 14-mart
“Qo‘shtepa” mahallasi adirligida

📍Sherobod tumani – 14-mart
“Cho‘yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida

📍Sariosiyo tumani – 15-mart
“Yangihayot” mahallasi “Shaxtiyor” o‘yingohida

📍Qiziriq tumani – 15-mart
“Zartepa” mahallasi “Shabada” massivi adirligida

📍Qumqo‘rg‘on tumani – 15-mart
“Surxon sohili” mahallasi “Navro‘z” istirohat bog‘ida

📍Bandixon tumani – 16-mart
“Saroy” mahallasi adirligida

📍Oltinsoy tumani – 16-mart
“Qorliq” mahallasi adirligida

📍Termiz tumani – 16-mart
“Uchqizil” mahallasidagi “Marvarid” dam olish maskanida

📍Boysun tumani – 17-mart
“Bibishirin” mahallasidagi “Boysun bahori” majmuasida

📍Sho‘rchi tumani – 17-mart
“Navro‘z” mahallasidagi “Charog‘on”istirohat bog‘ida

📍Denov tumani – 17-mart
“Zahiriddin Bobur” mahallasidagi “Yoshlar” saylgohi

📍Angor tumani – 18-mart
“Sharq guli” mahallasidagi markaziy o'yingohda

📍Muzrabot tumani – 18-mart
“Shaffof” mahallasidagi Sport majmuasida

📍Uzun tumani – 18-mart
“Malandiyon” mahallasidagi o'yingohda

📍Viloyatning asosiy bayram sayli
(Termiz shahri bilan birga) – 19-mart
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida

Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍4🔥1
Ўзбекистон-Франция ҳамкорлиги қанчалик муҳим?

Франция Ўзбекистоннинг Европадаги энг муҳим шериги сифатида нафақат сиёсий, маданий, ижтимоий балки савдо-иқтисодий соҳада ҳам муҳим ҳамкорларидан бири ҳисобланади.

Бу ҳамкорликни биз икки давлат ўртасидаги иқтисодий, инвестициявий, молиявий ва техник соҳалардаги муҳим келишувлар ҳамда энергетика, автомобилсозлик, геология-қидирув, қурилиш материаллари ишлаб чиқариш, туризм ва бошқа соҳаларда эришилаётган амалий натижалар орқали асослашимиз мумкин.

Бундай амалий натижаларга эришишда икки давлат ўртасида ташкил этилган Савдо-иқтисодий ҳамкорлик бўйича ҳукуматлараро тузилган комиссияни алоҳида эътироф этиш керак. Чунки бу комиссия йиғилишлари икки давлат манфаатларидан келиб чиқиб тизимли равишда ўтказилиб бормоқда. Жумладан, 2021 йилда бу комиссия 8 та, 2023 йилда 9 та ҳамда 2024 йилда 10 та йиғилиш ўтказди.

Мазкур йиғилишларнинг амалий натижаси сифатида Тошкент шаҳрида очилган “Ўзбекистон – Франция” иқтисодий палатасини алоҳида таъкидлашимиз мумкин. Бу палата ҳозирги кунда 50 дан ортиқ француз ва ўзбек компаниялари ва тадбиркорларини бирлаштирган.

Агар икки давлат ўртасидаги савдо-иқтисодий алоқаларни натижасига эътибор қаратадиган бўлсак, 2021 йилда ўзаро савдо ҳажми 280 млн. АҚШ долларини ташкил этган бўлса, бу кўрсаткич 2024 йилга келиб 1,1 млрд. АҚШ долларига етди ёки ўтган тўрт йил ичида 5 баробарга ошди. Демак бундан кўринадики Франция Ўзбекистон учун Европадаги энг муҳим иқтисодий ҳамкорлардан бири ҳисобланади.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
🗣Termiz shahar 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi sport zalida “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” uchun Oila va xotin-qizlar Termiz shahar mahalla faollari o’rtasida volleybol sport turidan shahar bosqichi musobaqalari bo’lib o’tdi.

Musobaqada 150 nafardan ziyod ayollar ishtirok etdi. Tadbir ayollar o’rtasida sportni rivojlantirish va ayollarni jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga rag’batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqa yakunida g’oliblar va sovrindorlar Oila va xotin-qizlar Termiz shahar bo’limi tomonidan qimmatbaho va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Fransiyaga davlat tashrifi bilan kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda tantanali kutib olindi

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3