Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.86K subscribers
37.5K photos
4.86K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Hurmatli fuqarolar❗️

Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, joriy yilning 15-mart kunidan 15-aprel kunigacha Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyatida ta’lim sifati va tizimini rivojlantirish, past ko‘rsatkichli maktablarda samaradorlikni oshirish, dual ta’lim tizimini joriy etish ishlari davom etmoqda.

Bugun viloyat hokimi – ta’limni rivojlantirish hududiy Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 14-sonli maktabda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Maktablarda ta’lim va kadrlar sifati, darsliklar va metodik ta’minlash, moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ko‘rsatkichi past 90 ta maktab direktori bilan tizimdagi muammolar, ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

Ta’lim maskaniga tashrif davomida yoshlarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Maktabda joriy qilingan ushbu tajribani ommalashtirish orqali tarbiyasi og‘ir va jinoyatga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, ularning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga mazkur tajribani viloyatning boshqa hududlarida ham joriy etish topshirildi.

Shundan so‘ng, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar taqdimot qilindi. Oliygohning majlislar zalida jinoyat sodir qilgan o‘quvchilarning ota-onalari hamda ular o‘qiydigan maktab direktorlari va mas’ullar bilan huquqbuzarliklarni oldini olish masalalari muhokama qilindi. O‘quvchilarga zarur sharoit yaratish va ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X