Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣DIQQAT E'LON!

27-oktabr kuni soat 15:00 da Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibida 9 ta masala ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan bo‘lib, sessiya ishini Termiz shahar hokimligi axborot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz hamda o‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida joylashgan "Sanʼat saroyi" kiraverishidagi yoʻlaklarga suv toshganligi aks etilgan video lavha yuzasidan Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Termiz shahar “Alpomish” mahallasi "Madaniyat" koʻchasida “Janub yoʻl loyiha” MCHJning loyihasi asosida Denov TYFUK tomonidan qurilish ishlari olib borilgan boʻlib, ushbu loyihada koʻchaning koʻkalamzorlashtirish hududi va sugʻorish tizimi ham koʻzda tutilgan.

Mazkur koʻchaning koʻkalamzorlashtirish hududiga gazon ekilib, oʻz vaqtida yoʻqotishlarsiz unib chiqishi uchun sugʻorish tizimi yuqori bosim ostida ishlatilganligi sababli murojaatdagi holat kuzatilgan bo'lib, bugungi kunda esa ushbu kamchilliklar bartaraf etilib, sugʻorish tizimi meʼyorlashtirilganligi hamda piyodalar yoʻlagida harakatlanuvchi piyodalarga noqulayliklar tugʻdirmaydigan ko'rinishga keltirilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahri dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqatlar narxlari oʻrganildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook
Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Радиоэлектрон воситалардан рухсатномасиз фойдаланиш жавобгарликка сабаб бўлади

Қонунчиликка кўра олиб кириш, сотиб олиш ва ўрнатиш ҳамда фойдаланишга рухсатнома расмийлаштирилмаган радиоэлектрон воситалар (рациялар, симсиз радиотелефонлар, портатив радиостанциялар ва бошқа радио узатгич қурилмалар) ўрнатилган тартибда олиб қўйилади ва мусодара қилинади.

Сурхондарё вилоятида 2023 йилнинг ҳозирги кунига қадар жами 157 дона радиоэлектрон воситалардан рухсатномасиз ноқонуний фойдаланиш ҳолатлари аниқланган. Ноқонуний фойдаланилаётган радиоэлектрон воситалар эгалари маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 152-моддасига асосан жаримага тортилган.

Радиоэлектрон воситаларни Сурхондарё вилояти ҳудудига олиб кириш, сотиб олиш ва ўрнатиш ҳамда улардан фойдаланиш учун рухсатномалар расмийлаштириш масалалари бўйича вилоят Электромагнит мослашув хизматига мурожаат қилиш сўралади.

Манзил: Термиз шаҳри, Ат-Термизий кўчаси 28-уй.

Мурожаат учун телефонлар:
+99855 451 00 52;
+99855 451 00 53).

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍2
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
⚡️“Сурхон тонги” ва “Заря Сурхана” газеталарига 2024 йил учун обуна бошланди - обуна баҳоси эса ўзгармади

📌 Таҳририят:
▪️Воҳамиз  ҳаётига оид  энг сўнгги долзарб  хабар ва янгиликларни газета ҳамда интернетдаги саҳифаларимиз орқали кенг ёритиб борамиз;
▪️таҳлилий мақолаларга кенг ўрин берамиз;
▪️янги иқтидорларни кашф этишга, муаллифлар сонининг кўпайишига ҳаракат қиламиз;
▪️креатив фикрловчи ҳамда  вазиятга тўғри ва холисона ёндашувчи ижодкорлар билан ҳамкорлик қиламиз;
▪️ инсон ва  жамият учун фойдали  маълумотларни сизга илинамиз.

🗞 Газеталарга обунани таҳририятнинг ўзидан ҳам расмийлаштириш мумкин!

“Сурхон тонги” газетаси (ҳафтада бир марта) обуна нархи:
▪️ 336 минг сўм  (ҚҚС билан бирга, манзилга етказиб бериш шарти асосида).
 
“Заря Сурхана” газетаси (ҳафтада бир марта) обуна нархи:
▪️ 336 минг сўм (ҚҚС билан бирга, манзилга етказиб бериш шарти асосида).

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
👍3
🗣Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi 68-sessiyasi boʻlib o'tdi.

Sessiyada deputatlar tomonidan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida hududiy investitsiya loyihalarining ishga tushurilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport prognozlarining bajarilishi to‘g‘risida, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Termiz shahridagi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas'ul hokim o'rinbosarlari, soha rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar ishtirokida qizg'in muhokama qilindi. Berilgan savollarga masʼul rahbarlar tomonidan atroflicha javob berildi. Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari X.Gʻafforov, Qonunchilik palatasi deputati B.Mardayev ishtirok etishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook
Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31