⏺Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yoʻllari tarmogʻining umumiy uzunligi 16 ming 175 km boʻlib, shundan 2 ming 843 km, yaʼni, 18 foizi Avtomobil yoʻllari boshqarmasi tasarrufidagi yoʻllar hisoblanadi. Mazkur yoʻllarning 351 kilometri xalqaro ahamiyatdagi, 990 kilometri davlat ahamiyatidagi va 1 ming 502 kilometri mahalliy ahamiyatidagi yoʻllardir. Umumiy yoʻllarning 13 ming 327 km, yaʼni 82 foizini ichki yoʻllar, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalari tashkil etadi.
⏺Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joriy yilning 9 oyi davomida 298 dona yangi yoʻl belgilari oʻrnatildi, 1 901 dona yaroqsiz holga kelgan yoʻl belgilari yangisiga almashtirildi, 40 ta yoʻnalishlarda dastlabki, yoʻnaltiruvchi va masofa koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatildi, shuningdek, 700 kvadrat metr yoʻl yotiq chiziqlari chizilib, yangilandi.
⏺Avtomobil yoʻllari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazining viloyat hududidagi mutaxassislari tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilib, yangidan qurilayotgan yoʻllarning sifati nazorat qilib borilmoqda.
⏺Xususan, kuni-kecha jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur davomida 4R-105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yoʻlining 5-70 km va 4R-100 “Manguzar–Jarqoʻrgʻon–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yoʻlining 126-174 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi bazasiga qilingan tashrifda jahon standarti talablariga toʻla mos keluvchi yoʻl qurilishi sifatini nazorat qilishda qoʻllaniladigan texnik asbob-uskunalar hamda sinov-nazorat laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishildi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook Web-site |
Instagram |
Twitter