Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.78K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahrida sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Termiz shahri 26-umumta'lim maktabida besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning 🏓 stol tennisi turi bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi musobaqalarning shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqalarda 8-11-sinflarda tahsil olayotgan o'quvchilar yakkalik (o'g'il bolalar va qizlar alohida) bahslarda ishtirok etishdi

Bahslar yakunida g'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida sportning shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida sportning shaxmat va shashka turi bo'yicha musobaqaning Termiz shahar bosqichi 26-umumta'lim maktabida bo'lib o'tdi.

Musobaqalarda 1-4-sinf hamda 5-11-sinfda tahsil oluvchi o'quvchilar yakkalik (o'g'il bolalar va qizlar alohida) bahslarda ishtirok etdilar.

Musobaqa yakunida g'oliblar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

🔷 Termiz shahar hokimligi: yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha majmuasi yetakchi mutaхassisi;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Sho‘rchi tumani bo‘limi: Bobotog` mahallasi Yoshlar yetakchisi;

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Uzun tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi 3-hudud 2-uchastkada (Obizarang MFY, Yangi yo'l MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Uzun tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi 4-hudud 1-uchastkada (Istiqlol MFY, X.Qaxramon MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Uzun tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi 4-hudud 2-uchastkada (Do’stlik MFY, Tojik obod MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Uzun tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi 13-hudud 1-uchastkada (Yangi kuch MFY, Yoshlik MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Uzun tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi ijtimoiy хizmatlarni tashkillashtirish bo`yicha mutaхassisi;

🔷 Muzrobot tuman irrigatsiya bo‘limi: Boshliq o'rinbosari;

🔷 Muzrobot tuman irrigatsiya bo‘limi: Irrigattsiya tizimlari va so`g`orish tarmoqlaridan foydalanish хamda ta'mirlashni tashkil qilish sho`basi mudiri;

🔷 Boysun tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: Sayrob (Qo`shchinor) mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔷 Sho‘rchi tumani hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo`limi Bosh mutaхassisi;

🔷 Boysun tuman hokimligi: “Duoba” mahalla fuqarolar yig`inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha hokim yordamchisi;

❗️Arizalar 09.10.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

🔷 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-40-73

🔷 Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

🔷 Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook| Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM