Joriy yilda kanalimda ba'zi özgarishlar kiritmoqchiman. Töğri, bir xillik odamni zeriktiradi. Bundan tashqari, özim ham ilmiy va kasbiy jihatdan o'sishni, yangi narsalarni örganishni xohlayman. Ushbu sabablarni hisobga olgan holda, siz azizlarga bir qator foydali video, matn, rasm, taqdimot va hokazolarni qöyib boraman.
Bizni kuzatuvchilar asosan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalaridan iborat bölganligi sababli, kontentning katta qismini kasbim - yuridik sohaga bağishlayman. Postlar quyidagi teglar bilan turkum holida taqdim etiladi:
• #huquq_ingliztili & #legal_english
• #huquq_olamini_kashf_qilish
• #talabalarga_maslahatlar
• #moot_court
• #soha_yangiliklari
Mabodo, yangi ğoyalar paydo bölsa, teglar muntazam qöshib boriladi.
Telegram | Instagram | Linkedin

👍10❤2🔥2⚡1🕊1👀1
Hech qaysi tizim xavfdan xoli emas!
Bilamizki, dunyo miqyosida kiber hujumlar böyicha ruslar va hindlar yalovbardor hisoblanadi. Ötgan hafta bu shovvozlar yana bir hunar körsatishibdi. Odatda tizimlarga hujumlar tijoriy sirlar, shaxsiy ma'lumotlar, elchilik va siyosiy munosabatlardagi xat va yozishmalar kabi qimmatli axborotlarni öğirlash maqsadida uyushtiriladi. Bunisi qolgan holat(case)lardan tubdan farq qiladi.
Xabarlarga köra, bu hujum "Tun böroni" (Midnight Blizzard) hakerlar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan bölib, ularning asosiy maqsadi Microsoft kompaniyasi ular haqida nima bilishlari haqidagi axborotga qaratilgan. Lekin shaxsan men bu iddaoga shubha bilan qarayman.
Nega deysizmi? Faraz qiling: siz Rossiya Federatsiyasidek imperiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan haker guruhi sardorisiz va ushbu buyruqni bajarish uchun 2023-yil noyabr oyidan beri harakat qilib, ne azoblarda tizimni yorib kirdingiz. Shu paytda oddiygina özingiz haqingizdagi ma'lumotlar bilan qanoatlanmasangiz kerak, albatta. Microsoftga katta ziyon yetkazilgani aniq. Bu xulosaga kelishimning sababi shuki, Microsoft endi zudlik bilan joriy xavfsizlik chora-tadbirlarini Microsoftga tegishli eski tizimlar va ichki biznes jarayonlarga qöllashga majbur bölyapti. Va hattoki bu özgarishlar Microsoftning biznesiga katta zarar keltirsa ham. Buni tan olib Microsoft özi saytida e'lon qildi.
Bu hujumga javoban texnik tadbirlar bilan bir qatorda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tartibga solish organlari bilan ishlashni boshlashibdi. Aftidan, Microsoft ötgan yilgi dashnomlardan kerakli xulosani chiqarmagan körinadi.
Huquqshunoslik talabalariga savol:
Mazkur ishda kim, qayerga, qanday normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda murojaat qiladi? Microsoft zararni qanday qoplaydi? Vaziyatga huquqiy baho bering!
#soha_yangiliklari #kiber_huquq

👍1🥰1👏1🤔1
2024-yil uchun ta'limdagi ustuvor vazifalar
Kecha 2024-yildagi Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Raqamlashtirish, Madaniyat va Sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shundan men professional va oliy ta’lim sohalaridagi vazifalar haqida yozmoqchiman. Belgilangan vazifalarga ko'ra:
Buni yozishimdan maqsad nima deb so'rasangiz, javob quyidagicha. Hozirda ko'pchilik (bir vaqtlar o'zim ham) davlatdan norozilik, chet elga ketish, adolatsizlik kabi fikrlar bilan yashayapti. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar va ularga bildirilgan izohlardan ham bilib olishimiz mumkin. Ayblash - eng oson ish. Lekin qilingan mehnatni e'tirof etish, aybni o'zlikdan qidirish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Yuqorida belgilangan vazifalarni kelasi yilgacha amalga oshirilishini nazorat qilib boring. Kerak bo'lsa, ro'yxatga aylantirib, har safar qaysi bir vazifa bajarilganda ustidan chizib qo'ying. Shunda va'dalar quruq va'daligicha qoldimi yoki bajarildimi ayon boladi. Jamoatchilik nazorati subyektlari sifatida davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishini nazorat qilishingiz mumkin. Balkim shundagina sizda joriy islohotlar, tashabbuslar va ertangi kunga ishonch hissi paydo bo'lar. Quruq nolish bilan hech narsa bo'lmaydi.
#soha_yangiliklari #talabalarga_maslahatlar
©️ @shmirzayevofficialblog

Kasbiy ko‘nikmalarni belgilash va ularni baholash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Talab yuqori 100 ta kasb tanlanib, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlari ishlab chiqiladi. Oliygoh, texnikum va kollejlarda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish "Akademik" va "Ishchi kasb" ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi. Texnikumlarda ham "kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan "kreditlar" oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli "kredit" to‘plagan o‘quvchilar "2+2" yoki "2+3" dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🔥4